O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida uch tomonlama hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Ilm-fan va tuproqshunoslik sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirishga eʼtibor qaratilgan uchrashuvda Institut faoliyati samaradorligini yanada oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va joriy etish maqsad qilingan.
Uchrashuvda Institut direktori, biologiya fanlari doktori Shuhrat Bobomurodov, Germaniya Respublikasining nufuzli Gannover Universiteti Tuproqshunoslik instituti direktori, professor, doktor Georg Guggunberger hamda qo‘shni Qozog‘iston davlatining U.U.Uspanov nomidagi Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti direktori Raushan Ramazanova, O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining Yerlar degradatsiyasi, qurg‘oqchilik va cho‘llanish to‘g‘risidagi maʼlumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va ishlov berish boshqarmasi boshlig‘i Saʼdulla Zaynabiddinov va boshqa yuqori malakali tuproqshunos olimlar ishtirok etishdi.
Mazkur tadbirda har uch davlat vakillarining hozirgi kundagi tuproqshunoslik sohasidagi eng dolzarb mavzular: – XXI asr ekologiyasi, dunyoda ro‘y berayotgan global iqlim o‘zgarishi, yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish, bo‘yicha maʼruzalari tinglandi. Shuningdek, bioxilma-xillikni asrash, tuproq unumdorligini saqlash, yerlarni muhofaza qilish bilan bog‘liq muammolarga birgalikda yechim izlash, ilmiy va amaliy tajriba almashish asnosida sohadagi yosh olim va mutaxassislarni ilmiy salohiyatini oshirish kabi massalalar yuzasidan samimiy muloqotlar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida har uch davlat tuproqshunos olim va yuqori malakali mutaxassislari tomonidan tez fursatlarda xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, uning serqirra istiqbollari bo‘yicha Memorandum tuzishga kelishib olindi.

Spelling error report
The following text will be sent to our editors: