O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev va Rossiya Federatsiyasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sergey Levin ikki davlat o‘rtasida agrosanoat sohasidagi hamkorlikning kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalarini muhokama qildilar. Xususan, chorvachilik, veterinariya va baliqchilik sohasida o‘zaro aloqalar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi va investitsiyaviy masalalar, karantin va o‘simliklarni himoya qilish borasidagi hamkorlik istiqbollari o‘rtaga tashlandi.
Agrar taʼlim hamda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish sohasida hamkorlikni takomillashtirish alohida muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakuni bo‘yicha tomonlar qo‘shma “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqladilar.
Ta’kidlash joizki, mamlakatlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida tovar ayirboshlash hajmi yil sayin ortib, joriy yilning 9 oyida bu ko‘rsatkich qariyb 40 foizga oshgan.
Ta’kidlanganidek, hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yaxshi imkoniyatlar saqlanib qolmoqda. Rossiya kungaboqar yog‘i, qandolat mahsulotlari va bug‘doy eksportini oshirishga tayyor.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: