Farg‘ona vodiysidagi mehnatkash fermerlarning issiqxona sohasida erishgan natijalari BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) sabzavot yetishtirish bo‘yicha xalqaro eksperti Leone Maloketti Lombida katta taassurot qoldirdi. Shuni ta’kidlash kerakki, ularning issiqxonalari O‘zbekiston qishloqlari aholisining tomorqalarida ko‘p uchraydigan issiqxonalardan emas. Ular FAO va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining “Kelajak avlod uchun aqlli dehqonchilik” doirasida ilmiy yondashuv va ilg‘or texnologiyalar asosida modernizatsiya qilingan. Loyiha 2021-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, issiqxonalarda hosil yetishtirishning yangi usullarini joriy etadi, bu esa, hosildorlikka va shunga mos ravishda olinadigan foydaga ta’sir qiladi. FAOning xorijiy eksperti O‘zbekistonda «aqlli fermerlik” qanchalik samarali amalga oshirilayotganini baholash uchun 2022-yil oktyabr oyida benefitsiarlarning ob’yektlariga tashrif buyurdi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi 20 ta tomorqa yer egalari benefitsiarlar hisoblanadi. O‘tgan yil davomida FAO ko‘magida ular issiqxona xo‘jaligini muvaffaqiyatli biznesga aylantira oldi. Loyiha doirasida fermerlarga issiqxona uchun maxsus qoplamalar, dezinfeksiyalovchi pol qoplamalari va qo‘sh eshikli tizimlar, shuningdek, zararkunandalarga qarshi kurashish, yoritishni nazorat qilish, o‘g‘itlarni qo‘llash, o‘simliklarni changlatish va suvni boshqarishning yangi va mukammal usullari taqdim etildi va o‘rnatildi. Bundan tashqari, loyiha davomida FAO tomonidan issiqxona egalariga xo‘jalikni yangi usul va texnologiyalar asosida yuritishni o‘rgatish maqsadida turkum treninglar tashkil etildi.
“Loyiha jamoasi va men 20 nafar benefitsiarning barchasiga tashrif buyurdik va ishonch bilan aytishim mumkinki, loyiha O‘zbekistonda juda samarali amalga oshirilmoqda. Taqqoslash uchun aytaman, issiqxonani modernizatsiya qilish bo‘yicha ta’lim va ko‘mak olgan FAO loyihasi benefitsiari 206 kilogramm hosil olishga erishgan bo‘lsa, issiqxonada an’anaviy usulda hosil yetishtirayotgan qo‘shnisi atigi 35 kilogramm hosil olgan. Ularning issiqxonalari hajmi jihatidan deyarli bir xil, ikkalasi ham sentyabr oyining oxirida hosilni yig‘ishni boshlagan, ammo foydadagi farq taxminan 500% ni tashkil qildi. Bundan tashqari, men resurslardan foydalanishda yaxshilanish ro‘y berayotganini ko‘rmoqdaman — tomchilatib sug‘orishdan foydalanish bizning benefitsiarlarimizga suvni sezilarli darajada tejash imkonini beradi “, — dedi FAOning sabzavotchilik bo‘yicha xalqaro eksperti Leone Maloketti Lombi o‘z kuzatishlari bilan o‘rtoqlashar ekan.
Fermerlar bilan suhbatdan so‘ng, Leone ularga pH/EC/Termo/Gigro hisoblagichlari kabi vositalardan foydalanish, jumladan, kalibrlash va hisobni yuritish, shuningdek, tomchilatib sug‘orish tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish, qoplama materiallarini tozalash, zararkunanda tuzoqlaridan foydalanish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.
Keyingi takomillashtirish yo‘nalishi – tovoqlarda sifatli sabzavot ko‘chatlarini yetishtirishdir. Ushbu mavzu bo‘yicha chet ellik mutaxassis uchta maqsadli yo‘nalish bo‘yicha benefitsiarlar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun treninglar o‘tkazdi.
Unda ishtirokchilar 55 kishini tashkil etdi. Axir ko‘chatlar ishlab chiqarish sabzavot biznesining barcha turlari orasida eng intensiv tur hisoblanadi. Bundan tashqari, tovoq idishlarga sabzavot urug‘ini ekish butun dunyo fermerlari orasida keng tarqalgan amaliyotdir, chunki bu sifatli ko‘chat va yuqori hosil olish imkonini beradi.
Leonening ta’kidlashicha, fermerlar nafaqat o‘zlari uchun, balki tijorat maqsadlarida ham ko‘chat yetishtirishdan ko‘proq foyda oladi. Natijada ko‘chat yetishtirishga qiziqqan 3 nafar istiqbolli fermer loyihaning benefisiarlari orasidan tanlab olindi. Ular ko‘chat yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha FAO loyihasidan qo‘shimcha yordam oladi.
Yana bir muhim masala qishda issiqxonani isitishdir. Chekka hududlarda gaz va elektr ta’minotidagi uzilishlar hisobga olinsa, bu muammo fermerlar uchun dolzarbdir. Ayni paytda qish mavsumida yangi sabzavotga bo‘lgan talabni hisobga oladigan bo‘lsak, issiqxonada sabzavotlarni yetishtirish barqaror daromad va qo‘shimcha foydani kafolatlaydi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda muqobil energiya manbalarini topish va ularni “Kelajak avlod uchun aqlli dehqonchilik” loyihasiga tatbiq etish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida u isitish uskunalari yetkazib beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Eng oqilona yechim topish maqsadida hamyonbop isitish tizimlari, ularning texnik tafsilotlari, narxlari va shartnoma shartlari kabi masalalarni muhokama qildi.
Quvonarlisi, endilikda yana 20 nafar fermer benefitsiarlar qatoriga qo‘shilgan bo‘lib, ular ham bundan buyon o‘z issiqxonalarini modernizatsiya qilishda loyihadan har tomonlama ko‘mak oladilar. Endilikda jami benefetsiarlar soni 40 nafarni tashkil etmoqda.
Результаты, достигнутые трудолюбивыми фермерами Ферганской долины в тепличном хозяйстве, произвели впечатление на международного эксперта по овощеводству Продовольственной и сельскохозяйственной организации Объединённых Наций (ФАО) Леоне Мальокетти Ломби. Важно отметить, что их теплицы совсем не похожи на те, что мы привыкли видеть на приусадебных участках сельских жителей Узбекистана – они модернизированы на основе научного подхода и передовых технологий в рамках проекта ФАО и Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан «Умное Земледелие для Будущего Поколения». Проект запущен в 2021 году и внедряет новые методы выращивания сельскохозяйственных культур в теплицах, что влияет на урожай, и, соответственно, на прибыль. Зарубежный эксперт ФАО посетил бенефициаров в октябре 2022 года, чтобы оценить, насколько эффективно реализуется «умное фермерство» в Узбекистане.
Бенефициары проекта – владельцы 20 сельских домохозяйств Андижанской, Наманганской и Ферганской областей. За прошедший год при поддержке ФАО они смогли превратить тепличное хозяйство в успешный бизнес. В рамках проекта фермерам были предоставлены и установлены особые кровельные материалы для теплиц, дезинфекционные напольные покрытия и система двойных дверей, а также внедрены новые, более эффективные методы борьбы с вредителями, контроля освещения, применения удобрений, опыления растений и использования водных ресурсов. Кроме того, за время реализации проекта ФАО организовала серию тренингов для владельцев теплиц, чтобы обучить их ведению хозяйства по новым методам и технологиям.
«Мы с проектной командой посетили всех 20 бенефициаров, и я могу с уверенностью сказать что в Узбекистане проект реализуется очень эффективно. Для сравнения – бенефициар проекта ФАО, который прошел тренинги и получил поддержку в модернизации своей теплицы, получил 206 кг урожая, в то время как его сосед, выращивающий сельскохозяйственные культуры в теплице традиционными методами – всего 35 кг. Их теплицы практически одинаковые по размеру, оба начали уборку урожая в конце сентября, а разница – около 500%. Кроме того, я вижу улучшения в использовании ресурсов – применение капельного орошения позволяет нашим бенефициарам значительно экономить воду», – поделился своими наблюдениями международный эксперт ФАО по овощеводству Леоне Мальокетти Ломби.
Пообщавшись с фермерами, Леоне дал им свои рекомендации по использованию предоставленных инструментов, таких как pH/EC/Thermo/Hygro метры, включая калибровку и ведение записей, а также по обслуживанию системы капельного орошения, очистке укрывных материалов, использованию ловушек для вредителей.
Следующее направление для улучшений – это выращивание и производство качественной рассады овощей в лотках. По этой теме зарубежный специалист провел тренинги для бенефициаров и других заинтересованных лиц во всех трёх целевых районах. Общее количество участников составило 55 человек. Ведь производство рассады – самый интенсивный из всех видов овощного бизнеса. К тому же посев семян овощей в лотках является популярной практикой среди фермеров во всем мире, поскольку это позволяет получать качественную рассаду и более высокий урожай. Леоне отметил, что фермерам выгоднее выращивать рассаду самостоятельно, причем не только для себя, но и в коммерческих целях. По итогам из числа бенефициаров проекта были выбраны 3 наиболее перспективных фермера, заинтересованные в выращивании саженцев, которые получат от проекта ФАО дополнительную поддержку для налаживания производства рассады.
Другой важный вопрос – отопление теплицы в зимний период. Учитывая перебои с подачей газа и энергоснабжением в отдалённых регионах, для фермеров проблема злободневная. А тем временем производство тепличной продукции в зимнее время гарантировало бы им стабильный доход и дополнительную прибыль, учитывая спрос на свежие овощи. По словам эксперта, в настоящее время ведутся активные работы по поиску альтернативных источников энергии и их дальнейшему внедрению в проект «Умное фермерство для будущего поколения». В этом отношении в рамках визита в Узбекистан он провел встречи с поставщиками отопительного оборудования, где обсуждались возможные и доступные системы отопления, технические детали, цены и условия договора, с целью найти наиболее рациональное решение.
Отрадно, что в настоящее время к числу бенефициаров присоединилось ещё 20 фермеров, которые отныне также будут получать от проекта всестороннюю поддержку в модернизации своих теплиц, и сейчас общее количество бенефициаров составляет 40 человек.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: