Bugungi kunda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan uning huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligida issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika Shtabi va Call-center o‘z faoliyatini boshladi.
Respublika Shtabining maqsadi muammolarni aniqlash va hal etishda ko‘maklashish, berilgan takliflarni o‘rganish va tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishdan iborat.
Call-center orqali kelib tushgan murojaatlar tegishli tashkilotlar yordamida tezkorlik bilan hal etiladi.
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatiladi:
bank kreditlari;
tabiiy gaz, elektr va muqobil energiya taʼminoti;
soliq to‘lovlari va bojxona nazorati;
import orqali keladigan urug‘, ko‘chat, mineral o‘g‘it va boshqa moddiy resurslar;
tajribali va malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish;
kooperatsiya (klaster) asosida ishlaydigan qayta ishlash korxonalari va eksport qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlik;
issiqxona xo‘jaliklari bilan o‘zaro hamkorlik asosida yetishtirilgan mahsulotni saralash, qayta ishlash, saqlash, qadoqlash va eksport qilish;
karantin va o‘simliklar himoyasi agentligi bilan birgalikda o‘simliklar himoyasini tashkil etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.
Issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika Shtabi call-center raqami:
(55) 500-80-08
If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: