Bugungi kunda mamlakatimizdagi limonzorlarning umumiy maydoni 2 321 gektardan oshdi. Yiliga 63 000 tonna limon yetishtirishga erishilib, eksport salohiyati 11 000 tonnaga yetdi. Limonzorlardagi hosildorlik har bir gektardan o‘rtacha 55-60 tonnani tashkil etdi.
O‘zbekistonga 1949-yilda limonning bir qancha navlari, jumladan, Xitoyning “Meyer”, Gruziyaning “Novogruzinskiy”, Gretsiyaning “Novoafonskiy”, Italiyaning “Lisbon”, Krasnodar o‘lkalaridan “Dioskuriya” kabi navlari keltirilib, barcha ilmiy-tadqiqot institutlariga uni yetishtirishga qiziquvchi olimlarga tarqatiladi. Ammo yillar davomida limon ko‘chatlaridan kutilgan natija bo‘lmaydi, ya’ni undan hosil olinmaydi. Shu bois ham hukumat rahbarlarining 1955-yildagi qarori bilan barcha limonlarni yetishtirish bekor qilinadi.
Aslida, limon o‘simligi subtropik mintaqalarda ochiq maydonlarda yetishtiriladigan sitrus o‘simlik hisoblanadi. O‘tgan asrning 1930-40-yillarida subtropik davlatlarda ochiq maydonlarda yetishtiriladigan limon o‘simliklarida “Malsekko” nomli kasallik tarqalib, barcha limon o‘simliklari nobud bo‘la boshlaydi. Ushbu noyob o‘simlikni saqlab qolish maqsadida o‘sha davrdagi hukumat rahbarlari limon o‘simligini O‘rta Osiyo davlatlarida yetishtirish bo‘yicha qaror qabul qiladilar.
O‘zbekistonda ilk bor limon yaratishga erishildi. Toshkent viloyatining Qibray tumanida istiqomat qiluvchi olim agronom Zayniddin Faxriddinov ushbu noyob o‘simliklar ustida kuzatuvlar olib borishi natijasida 1960-yilda respublikada birinchi marotaba limondan hosil olishga erishdi.
Olim oradan olti yil o‘tib, yaʼni 1966-yilda respublikada birinchi bo‘lib, limonning “Toshkent” navini yaratadi va mehnatlarining mukofoti sifatida Respublikada Xizmat ko‘rsatgan agronom unvoniga sazovor bo‘ldi.
1970-yilda olim o‘zining ikkinchi, yaʼni “Yubileyniy” navli limonini yaratadi va ikkita navi uchun mualliflik guvohnomasini oladi.
Seleksioner olim yaratgan yangi navlarini ishlab chiqarishga joriy etish maqsadida 1980-yilda Qibray tumanida 50 gektardan iborat limonzor bog‘ni yaratadi. Ushbu limonzorda har yili 2000-2500 tonna limon hosili yetishtirilib, chetga eksport qilingan. Ushbu bog‘ butun dunyoda mashhur bo‘lgan va O‘zbekistonni ekoturizmi uchun ham xizmat qilgan.
Zayniddin Faxriddinov O‘zbekistonda birinchi bo‘lib limonchilik maktabini yaratdi, yangi navlar ustida ishladi. Olim xalq akademigi, “Mustaqillik”, “Shuhrat”, “Yubiley” kabi bir qancha medallari va “Sog‘liqni saqlash aʼlochisi” faxriy va “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan agronom” unvonlari bilan taqdirlandi.
Bugungi kunda uning ishlarini farzandi , ToshDAU, Mevachilik va uzumchilik kafedrasi dotsenti Nuriddin Faxriddinov davom ettirmoqda. Olim respublikada ilk marotaba limonni sunʼiy tuman hosil qiluvchi qurilmalarda ko‘paytirish texnologiyasini ishlab chiqdi. Ushbu ishlanma 2017-yil X respublika innovatsion yarmarkasida “Yilning eng yaxshi ishlanmasi” nominatsiyasida birinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonda yetishtiriladigan limon navlari.
Limonni Meyer navi – past bo‘yli Xitoy limoni bo‘lib, serhosil, barvaqt hosilga kiradi. U limon navlari ichida eng yaxshisi, tomorqalarda o‘stirish uchun juda qulaydir. Ushbu navli limon yengil tuproqli unumdor yerlarda yaxshi o‘sadi. Meʼyoriy sharoit yaratilganda yil davomida gullab, hosil berishi mumkin. Bu nav o‘zidan changlanishi bilan afzal hisoblanib, ko‘chatlari ikkinchi yildan hosil bera boshlaydi. Mevasi oktyabr oyining oxiri-noyabrning boshlarida birin-ketin pishadi. Shuning uchun uning hosili mavsumda 2-3 marta teriladi.
Limonning “Toshkent” navini seleksioner olim Zayniddin Faxriddinov 1966-yilda yaratgan. Yilida ikki marta (bahor va kuzda) gullaydi. Ushbu nav juda hosildor bo‘lib, har bir daraxtida 350-400 donagacha meva yetishtirish mumkin. Undan 1 gektar maydonda 80-120 tonnagacha hosil olish mumkin. Qalamchalardan yetishtirilgan ko‘chatlari 2-3 yilda hosilga kiradi. Boshqa limon navlaridan tikanlarning yaxshi rivojlanmaganligi yoki tikansizligi bilan ajralib turadi. Nav sovuqqa va jazirama issiqqa nisbatan chidamli bo‘lib, asosiy shoxlarini -8 -9°C haroratda sovuq uradi. Sovuq urgandan so‘ng shox-shabbasining tez tiklanishi, issiqlik, qurg‘oqchilik, sho‘r tuproq va turli kasalliklarga chidamliligi bilan ajralib turadi. Mevalari oktyabr oyida pishib yetiladi. Ushbu nav O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat Reestriga 2015-va 2017-yillarda kiritilgan.
Limonni “Yubileyniy” navi ham seleksioner olim Zayniddin Faxriddinov tomonidan 1970-yilda yaratilgan. U tashqi ko‘rinishi va xususiyatlari bo‘yicha “Panderoza” navini eslatadi. Po‘sti qalin eng yirik limon. Undan efir moyi, pektin va sukatlar olinadi. Mevalari asosan qayta ishlanadi, ammo issiqxona va uy sharoitida yetishtirilgan mevalarini uzib olingandan so‘ng bir hafta o‘tgach, isteʼmol qilish mumkin.
Yubileyniy” navi aksariyat turdoshlari kabi injiq daraxt emas. Hatto havo va tuproq namligi yetarli bo‘lmagan sharoitda ham u hosil tugaveradi. Limonchilikka qiziqqan istagan bog‘bonlar uchun ham bu juda qulay. U O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat Reestriga 2015-va 2017-yillarda kiritilgan.
На сегодняшний день общая площадь лимонных рощ в нашей стране составляет более 2 321 га. Годовой объем производства лимонов достиг 63 000 тонн, а экспортный потенциал – 11 000 тонн. Урожайность в лимонных рощах в среднем составляет 55-60 ц/га.
В 1949 году в Узбекистан было завезено несколько сортов лимона, в том числе китайский «Мейер», грузинский «Новогрузинский», греческий «Новоафонский», итальянский «Лиссабон», «Диоскурия» из Краснодарского края, все они были переданы ученым, заинтересованным в его выращивании. Но с годами ожидаемый результат от саженца лимона не был получен. Урожай так и не был собран. Именно поэтому решением руководства правительства в 1955 году выращивание всех видов лимонов отменили.
На самом деле лимонное растение – это цитрусовое растение, выращиваемое на открытых полях в субтропических регионах. В 1930-х и 40-х годах прошлого века среди растений лимона, выращиваемых в открытом грунте в субтропических странах, распространилась болезнь под названием «мальсекко», и все растения лимона стали погибать от него. Чтобы сохранить это уникальное растение, тогдашнее руководство приняло решение о выращивании лимона в странах Средней Азии.
Впервые в Узбекистане удалось создать лимон. Зайниддин Фахриддинов, ученый-агроном, проживающий в Кибрайском районе Ташкентской области, впервые в республике получил урожай лимонов в 1960 году в результате своих наблюдений за этими уникальными растениями.
Спустя шесть лет, в 1966 году, ученый первым в республике создал сорт лимона «Ташкентский». В награду за свою работу ему было присвоено звание заслуженного агронома республики.
В 1970 году ученый создал свой второй лимон сорта «Юбилейный» и получил патент на два сорта.
В 1980 году селекционер создал лимонный сад площадью 50 га в Кибрайском районе, чтобы внедрить новые сорта, созданные ученым. Ежегодно в этой лимонной роще выращивают 2000-2500 тонн лимонов и экспортируют за границу. Этот сад был известен во всем мире и служил экотуризму Узбекистана.
Зайниддин Фахриддинов создал первую в Узбекистане школу лимоноводства, работал над новыми сортами. Ученый награжден несколькими медалями, такими как «Народный академик», «Независимость», «Слава», «Юбилейный», а также почетными званиями «Отличник здравоохранения» и «Заслуженный агроном Республики Узбекистан».
Сегодня его дело продолжает сын Нуриддин Фахриддинов, доцент кафедры плодоовощеводства и виноградарства ТашДАУ. Впервые в республике ученый разработал технологию выращивания лимонов в генераторах искусственного тумана. Данная разработка заняла первое место в номинации «Лучшая разработка года» на 10-й Республиканской ярмарке инноваций 2017 года.
Сорта лимона, выращенные в Узбекистане.
Сорт лимона Мейер – карликовый китайский лимон, высокоурожайный и рано начинает плодоносить. Это лучший из сортов лимона, его очень удобно выращивать в саду. Этот сорт лимона хорошо растет на плодородных землях с легкой почвой. Он может цвести и плодоносить в течение всего года при создании правильных условий. Этот сорт предпочитают из-за самоопыления, а его сеянцы начинают плодоносить со второго года. Плоды созревают один за другим в конце октября-начале ноября. Поэтому его урожай собирают 2-3 раза за сезон.
Сорт лимона «Ташкент» создан в 1966 году ученым-селекционером Зайниддином Фахриддиновым. Цветет дважды в год (весной и осенью). Этот сорт урожайный, каждое дерево может дать до 350-400 плодов. С гектара можно собрать 80-120 тонн. Саженцы, выращенные из черенков, плодоносят через 2-3 года. Отличается от других сортов лимона тем, что шипы слабо развиты или их вообще нет. Сорт устойчив к холоду и жаре, основные ветки подмерзают при температуре -8-9°С. Ветви быстро восстановливаются после заморозков, устойчивы к жаре, засухе, засоленности почвы и различным заболеваниям. Плоды созревают в октябре. Этот сорт включен в Государственный реестр сельскохозяйственных культур, рекомендованных к посеву на территории Республики Узбекистан в 2015 и 2017 годах.
Сорт лимона «Юбилейный» также создан ученым-селекционером Зайниддином Фахриддиновым в 1970 году. По внешнему виду и характеристикам напоминает сорт «Пандероза». Самый крупный лимон с толстой кожицей. Из него получают эфирное масло, пектин и цукаты. Плоды в основном перерабатываются, но тепличные и домашние плоды можно есть уже через неделю после сбора.
Сорт «Юбилейный» не прихотливое дерево, как большинство его сородичей. Плодоносит даже в условиях недостаточной влажности воздуха и почвы. Он очень удобен для начинающих лимоноводов. Внесен в Государственный реестр сельскохозяйственных культур, рекомендованных к посеву на территории Республики Узбекистан в 2015 и 2017 годах.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: