Garchi barcha tomorqalarda ekilmasa-da, qo‘ziqorinning inson salomatligi va uni ekib, yetishtiruvchi yer egasi uchun foydasi talaygina.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida “Shampinyon” (Agaricus) va “Veshenka” (Pleurotus ostreatus) urug‘lik mitseliysini hamda hosilini yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari foydali “Shiitake” (Lentinulla edodes), “Enoki” (Flammulina velutipes) va “Eringi” (Pleurotus eryngii) qo‘ziqorinlarini ko‘paytirish texnologiyasi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Maqolamizda qo‘ziqorin yetishtirish bilan bog‘liq maslahatlarni sizga taqdim etamiz.
Qaysi navni tanlash kerak? Qo‘ziqorin yetishtirishni boshlashdan oldin yer egasi o‘sha maydonga qaysi nav mos kelishini bilib olishi kerak. Mutaxassislar ko‘proq bizning mamlkat iqlim sharoitiga mos qo‘ziqorinning moslashuvchan bo‘lgan “shampinyon” yoki “veshenka” turini tanlashni maslahat berishadi. Chunki bu turdagi qo‘ziqorinlarni o‘stirish uchun mitseliy va boshqa materiallarni ko‘p miqdorda sotib olish talab etilmaydi. Shuningdek qo‘ziqorin yetishtirish uchun joyni oldindan belgilab olish kerak. Tanlangan joyni izolyatsiya qilib, tashqi muhitdan ajratib qo‘yish lozim. Chunki qo‘ziqorin sporalari havo bo‘ylab tez tarqaladi va boshqa o‘simliklarni tez fursatda kasallantirishi mumkin.
Qo‘ziqorinlarni muvaffaqiyatli o‘stirishning muhim shartlari:
Avvalo, qo‘ziqorindan yuqori hosil olish uchun sifatli mitseliy tayyorlash yoki sotib olish kerak. Baʼzi holatlarda bunday paytda tadbirkorlar sifatsiz mitseliy sotib olishadi va ko‘zlanganidek hosil ola olishmaydi. Shu bois ham ishonchli ishlab chiqaruvchilardan tayyor mitseliy sotib olish eng to‘g‘ri tanlov. Chunki qo‘lda tayyorlangan sporalar kutilganday sifatga ega bo‘lmaydi.
Qo‘ziqorin maydonini o‘g‘itlash. Buning uchun yaxshi substrat (kompost) tayyorlash kerak. Bu substratni mustaqil tayyorlash yoki taxta zirapchalaridan (opilka) hosil qilingan suyuqlikni sotib olish mumkin. Bunday suyuqlik sporalarga qo‘ziqorin ildizi hosil qilishiga yordam beradi, natijada mo‘l hosil yetiladi.
Maxsus joy tanlanadi. Qo‘ziqorin o‘stirish uchun maxsus joy tayyorlab olinadi. Veshenka navini bog‘da oddiy kundalar yonida o‘stirish mumkin. Lekin qo‘ziqorin yetishtirishda yerto‘la yoki issiqxonalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunday joylarda yog‘ochdan yasalgan konstruksiyalardan foydalanmagan maqul. Chunki ular yuqori namlik va sporalar taʼsirida tez ishdan chiqadi.
Uyda qo‘ziqorin yetishtirmoqchimisiz? Tavsiyalarimiz siz uchun:
Qo‘ziqorinni muvaffaqiyatli o‘sishi uning qanday xonada yetishtirilayotganiga bog‘liq. Bunda xonalarni haroratni o‘zgarishini boshqaradigan qilib jihozlash kerak. Buning uchun ventilyatsiya tizimi, xona namlantirgichlari va isitgichlardan foydalanish joiz.
Substrat sifatida nafaqat taxta zirapchalari balki sifatli poxoldan ham foydalanish mumkin. Poxolda mog‘or yoki chirish alomatlari bo‘lmasligi lozim.
Xonada maxsus metall yasamalarda substrat idishlarini saqlash maqsadga muvofiq. Veshenka navi uchun substratlarni polietilen qopda ham saqlash mumkin.
Shuningdek, hosilni saqlash va qayta ishlash uchun joy ajratish kerak. Tozalikni saqlash uchun substrat tayyorlash joyi, qo‘ziqorinlarni o‘sish joyi, yetilganlarini saqlash joyi pardevorlar bilan o‘zaro ajratilgan bo‘lishi kerak.
Хотя грибы выращивают не во всех хозяйствах, они полезны для здоровья человека и землевладельца, который их выращивает.
В настоящее время в Научно-исследовательском институте овощей, рисовых культур и картофелеводства при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан начато выращивание семенного мицелия и сбор урожая грибов сорта «Чемпион» (шампиньон) и «Вешенка» (Pleurotus ostreatus). Кроме того, ведутся работы по технологии размножения полезных грибов «Шиитаке» (Lentinulla edodes), «Эноки» (Flammulina velutipes) и «Эринги» (Pleurotus eryngii). В нашей статье мы дадим вам советы по выращиванию грибов.
Какой сорт выбрать?
Прежде чем приступить к выращиванию грибов, владелец земли должен знать, какой сорт подходит для данной местности. Специалисты советуют выбирать сорт гриба «Шампиньон» или «Вешенка», которые больше подходят для местных климатических условий. Для выращивания этих видов грибов не обязательно закупать мицелий и другие материалы в больших количествах. Необходимо заранее определить место для выращивания грибов. Изолировать выбранное место и отделить его от внешней среды. Потому что грибковые споры быстро распространяются по воздуху и могут быстро заразить другие растения.
Важные условия успешного выращивания грибов
В первую очередь, чтобы получить высокий урожай, необходимо заготовить или закупить качественный мицелий. В некоторых случаях предприниматели покупают некачественный мицелий и не получают ожидаемого урожая. Поэтому лучше всего закупать готовый мицелий у надежных производителей.
Удобряйте грибное поле
Необходимо приготовить хороший субстрат (компост). Этот субстрат можно приготовить самостоятельно или купить. Он состоит из влажных опилок, которые помогают спорам сформировать корень гриба и получить обильный урожай.
Выбирается специальное место
Для выращивания грибов необходимо специальное место. Сорт «Вешенка» можно выращивать в саду. Но желательно использовать для выращивания грибов погреба или теплицы. Деревянные конструкции в таких местах лучше не использовать. Потому что они быстро выходят из строя под воздействием повышенной влажности и спор.
Хотите выращивать грибы дома? Наши рекомендации для вас
Успешный рост грибов зависит от помещения, в котором они выращиваются. В этом случае необходимо оборудовать помещение таким образом, чтобы контролировать перепады температуры. Для этой цели допустимо использовать систему вентиляции, комнатные увлажнители и обогреватели.
В качестве субстрата можно использовать не только опилки, но и качественную солому. В соломе не должно быть признаков плесени или гнили.
Емкости с субстратом целесообразно хранить в специальных металлических конструкциях в помещении. Субстраты для сорта «Вешенка» также можно хранить в полиэтиленовом пакете.
Также необходимо выделить место для хранения и обработки урожая. Для соблюдения чистоты место приготовления субстрата, место роста грибов и место хранения зрелых грибов должны быть отделены друг от друга.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: