2022-yilning 8-10-noyabr kunlari Toshkent shahrida urug‘lik kartoshkani yetishtirish va sertifikatlash bo‘yicha treninglar hamda seminarlar o‘tkazilmoqda. Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloqxo‘jaligi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) qo‘shma loyihasi doirasida tashkil etilgan. Treninglar mavzusi “COVID-19ga javoban kartoshkachilik sektorini tiklash va rivojlantirish” bo‘lib, ularni FAOning kartoshka urug‘chiligi bo‘yicha xalqaro eksperti Mehmet Emin Chalishkan (Turkiya) olib bormoqda.
Treninglarda jami 30 ga yaqin mutaxassislar, jumladan, O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligiva tizim tashkilotlari xodimlari ishtirok etmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida kartoshkani ko‘paytirish va sifatli urug‘lik kartoshka ekishning afzalliklari, urug‘lik kartoshka yetishtirishga qo‘yiladigan umumiy talablar va boshqa muhim jihatlar ko‘rib chiqilyapti. Mutaxassis ishtirokchilarga ekishuchun joy tanlash, almashlabekish, ekishni boshqa ekinlardan izolyatsiyalash, ekish zichligi kabi muhim jihatlarni hisobga olgan holda dalaga kartoshka urug‘ini ekishning o‘ziga xos xususiyatlarini tushuntirib beryapti. Treningda suv resurslari va o‘g‘itlardan foydalanish, begona o‘tlar, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish usullarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekistonda kartoshka yetishtirish imkoniyatlari va xavf-xatarlarini umumlashtirib tahlil qilishdan iborat. Umid qilamizki, trening va seminardan so‘ng biz O‘zbekistonda kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish dasturini yaratish uchun qimmatli ma’lumotlarni olamiz”, — dedi FAOning kartoshka urug‘chiligi bo‘yicha xalqaro eksperti Mehmet Emin Chalishkan.
Ma’lumot uchun
Koronavirus pandemiyasining kartoshka yetishtirishga va mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligiga salbiy ta’siriga qarshi kurashish maqsadida O‘zbekistonda 2021-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda FAOning “COVID-19ga javoban kartoshkachilik sektorini tiklash va rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha O‘zbekistonda yuqori, barqaror va sifatli hosil yetishtirish orqali kartoshka sohasining mahsuldorlik salohiyatini oshirishga qaratilgan. Kartoshka navlarini ro‘yxatga olish va urug‘lik sertifikati tizimini takomillashtirish, kartoshka yetishtirishni modernizatsiya qilish, kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, mahsulotlarni saqlash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish, shuningdek, ushbu sohada faoliyat yurituvchi fermerlar, agronomlar hamda boshqa mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
С 8 по 10 ноября 2022 года в Ташкенте проходят треннинги и семинар по производству и сертификации семенного картофеля. Мероприятия проходят в рамках реализации совместного проекта Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан и Продовольственной и сельскохозяйственной организации Объединенных Наций (FAO). Тема тренингов – «Восстановление и развитие сектора картофелеводства в ответ на COVID-19», их проводит международный эксперт FAO по производству семенного картофеля Мехмет Эмин Чалишкан (Турция).
В тренингах принимают участие около 30 специалистов, в том числе сотрудники Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан и системных организаций.
В ходе занятий рассматриваются такие темы, как способы размножения картофеля и преимущества посадки качественного семенного картофеля, общие требования к производству семенного картофеля и другие важные аспекты. Эксперт разъясняет участникам особенности посадки семенного картофеля в поле с учётом таких важных моментов, как выбор участка для посадки, севооборот, изоляция посева от других культур, плотность посадки. Особое внимание на тренинге уделяется вопросам использования водных ресурсов и удобрений, а также методам борьбы с сорняками, вредителями и болезнями.
«Главная цель семинара проведение SWOT-анализа о возможностях и рисках картофелеводства в Узбекистане. Мы надеемся, что после тренинга и семинара мы получим ценную информацию и данные для создания программы по развитию семенного картофелеводства в Узбекистане», – подчеркнул Мехмет Эмин Чалишкан, международный эксперт FAO по производству семенного картофеля.
Справочно
Проект FAO «Восстановление и развитие сектора картофелеводства в ответ на COVID-19» реализуется в Узбекистане с 2021 года совместно с Министерством сельского хозяйства Республики Узбекистан в качестве ответных мер на негативное влияние пандемии коронавируса на производство картофеля и на продовольственную безопасность страны. Проект направлен на увеличение производственного потенциала отрасли картофелеводства в Узбекистане за счет выращивания более высокого, устойчивого и качественного урожая. Ведутся работы по улучшению системы регистрации сортов картофеля и сертификации семян, совершенствованию исследований по модернизации картофельного производства, защите от болезней и вредителей, улучшению условий хранения продукции, а также по обучению фермеров, агрономов и других специалистов, работающих в этой отрасли.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: