2022-yil 12-noyabr kuni Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Avstriyaning Bauer kompaniyasi hamkorligida olib borilayotgan zamonaviy keng qamrovli yomg‘irlatib sug‘orish uskunalari taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda vazirlik xodimlari bilan birga Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ham ishtirok etdi. Tumanda o‘rnatilgan qurilma 58 gektar yer maydonini sug‘orishga mo‘ljallangan bo‘lib, masofadan boshqarish imkoniyati ham mavjud.
Maʼlumot uchun, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Avstriyaning Bauer kompaniyasi bilan hamkorlikda hukumat loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda. Bunda tashabbuskorlarga zamonaviy yomg‘irlatib sug‘orish uskunalarini lizing sharti asosida 10 % muddatga 2,5 % yillik stavkada, 3 yil imtiyozli davr bilan taklif qilinmoqda.
Ushbu loyiha O‘zR Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar” to‘g‘risidagi 2021-yil 14-iyul 441-son qaroriga asosan yo‘lga qo‘yilgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy etish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Bauer kompaniyasi (Avstriya) o‘rtasida zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Loyihadan kutiladigan samaradorlik:
Suv sarfi – 40 % gacha;
yoqilg‘i sarfi – 30 % gacha;
mineral o‘g‘itlar sarfi – 35 % gacha tejaladi;
qo‘l mehnati (suvchilarga talab) – 90 % gacha qisqaradi;
qoplash muddati ekin turiga qarab – 1-4 yil.
Ekin turiga qarab hosildorlik ortacha 15-25 % ortadi, jumladan:
G‘alla – 15 % ga;
makkajo‘xori – 20 % ga;
kartoshka – 25 % ga;
beda – 20 % ga;
mosh – 20 % ga.
12 ноября 2022 года в Коровулбазарском районе Бухарской области состоялась презентация современного оборудования для комплексного дождевального орошения, которую представили Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан и компания «Bauer» (Австрия). В мероприятии вместе с сотрудниками министерства принял участие хаким Бухарской области Ботир Зарипов. Установленное в районе оборудование рассчитано на орошение 58 га земли и имеет дистанционное управление.
Для информации. Минсельхоз РУ и австрийская компания «Bauer» реализуют государственный проект. В рамках которого предпринимателям на условиях лизинга на 10 лет (по ставке 2,5% годовых с льготным периодом 3 года) предлагается современное дождевальное оборудование.
Проект запущен на основании Постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 14 июля 2021 года № 441 «О дополнительных мерах по внедрению современных водосберегающих технологий в сельском хозяйстве». Согласно данному постановлению, между Минсельхозом РУ и компанией «Bauer» (Австрия) достигнута договоренность о поставке современных технологий орошения для внедрения в сельское хозяйство Узбекистана.
Ожидаемые показатели проекта по сокращению:
В зависимости от вида культуры урожайность увеличивается в среднем на 15-25%:
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: