Toshkent davlat agrar universitetida O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi 595-son “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda targ‘ib qilish maqsadida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Tadbirda turli vazirlik, qo‘mita va agentliklar xodimlari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlaridan 140 nafardan ortiq masʼul xodimlar, jami 400 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.
O‘quv seminarini adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov Qaror ijrosini so‘zsiz taʼminlash yuzasidan vazirlik va idoralarda amalga oshiriladigan birinchi navbatdagi vazifalar xususidagi maʼruzasi bilan ochib berdi. So‘ng Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakillari so‘zga chiqib, kasbiy madaniyat, xizmat faoliyatidagi va xizmatdan tashqari, shuningdek tashqi ko‘rinish va kiyinish uslubiga oid umumiy odob-axloq qoidalari to‘g‘risida fikr yuritishdi. Seminar davomida savol-javoblar ham o‘tkazildi.
Taʼkidlash joiz, Qishloq xo‘jaligi vazirligida 595-son VMQ ijrosini taʼminlash bo‘yicha vazirning 2022-yil 19-oktyabrdagi 270-son “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati, hududiy va tarkibiy bo‘linmalar xodimlari uchun majburiy bo‘lgan xodimlarning idoraviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i chiqarilgan. Unga ko‘ra, vazirlik tizimidagi tashkilotlarda bu borada amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, targ‘ibot va tushuntirish ishlarini faol olib borish masalalari belgilab berilgan.
В Ташкентском государственном аграрном университете был проведен обучающий семинар с целью разъяснения сути и пропаганды Постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 14 октября 2022 года № 595 «О дополнительных мерах по обеспечению соблюдения этических правил государственными гражданскими служащими».
В мероприятии приняли участие более 140 ответственных работников системных организаций Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан, а также сотрудники различных министерств, комитетов и ведомств – в совокупности более 400 участников.
Семинар-тренинг открыл заместитель министра юстиции Музраф Икрамов с докладом о первоочередных задачах, которые предстоит выполнить в министерствах и ведомствах по безусловному выполнению постановления. Затем выступили представители Агентства развития государственной службы, которые высказали свое мнение над общими правилами этикета в отношении профессиональной культуры, служебной и внеслужебной деятельности, а также внешнего вида и стиля одежды работников. В ходе семинара участники имели возможность задавать свои вопросы.
Следует отметить, что 19 октября 2022 года был выпущен Приказ Министра № 270, посвященный обеспечению выполнения задач Постановления №ПКМ-595 «Об утверждении ведомственных правил поведения работников, обязательных для исполнения сотрудниками центрального аппарата Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан, областных и структурных подразделений». Согласно этому приказу, определены меры, которые необходимо реализовать в организациях системы министерства, а также вопросы активного проведения пропагандистско-разъяснительной работы.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: