Quduqlarni burg‘ilash uchun subsidiya xizmatlari normativ hujjatlarga muvofiqlashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktyabrdagi “Suv taʼminoti og‘ir bo‘lgan hududlardagi aholi tomorqa yerlari va dehqon xo‘jaliklarini suv bilan kafolatli taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-394-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktyabrdagi “Tomorqada mahsulot yetishtirishni qo‘llab-quvvatlash va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 624-son qaroriga muvofiq “Agrosubsidiya” axborot tizimidagi kichik va katta hajmdagi quduqlarni burg‘ilash uchun subsidiyaga ariza yuborish xizmatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Jumladan, tuman ishchi guruhi tarkibi yangilandi, arizaga biriktiriladigan hujjatlar tarkibi o‘zgardi va arizani ko‘rib chiqish tartibi normativ hujjatlarga muvofiqlashtirildi.
Shu bilan birga, “Daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish” uchun subsidiyaga ariza yuborish imkoni yaratildi.
Subsidiya mablag‘i quyidagi tartibda shakllanadi:
Subsidiya xizmatlaridan quyidagi havolalar orqali foydalanishingiz mumkin:
Kichik hajmdagi quduqlarni burg‘ilash (tomorqa yer egalari uchun)
Katta hajmdagi quduqlarni burg‘ilash (tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari uchun)
Daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish
Субсидирование услуг по бурению скважин приведено в соответствие с нормативными документами.
Указом Президента Республики Узбекистан №ПП-394 от 12 октября 2022 года «O внесении изменений и дополнений в некоторые постановления Президента Республики Узбекистан в целях гарантийного обеспечения водой приусадебных земель населения и дехканских хозяйств в труднодоступных для водоснабжения территориях» и Постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан №ПКМ-624 от 28 октября 2022 года «О внесении изменений и дополнений в некоторые Постановления Правительства Республики Узбекистан в связи с созданием благоприятных условий для поддержки растениеводства и его дальнейшего развития» внесены соответствующие изменения в сервисы подачи заявления на получение субсидии на бурение малых и больших скважин через информационную систему «Агросубсидия».
В частности, обновлен состав районной рабочей группы, изменен состав прилагаемых к заявлению документов, приведен порядок рассмотрения заявления в соответствие с нормативными документами.
При этом создана возможность подачи заявления на получение субсидии на «Приобретение и монтаж средств водоотведения из рек, каналов и других водоемов».
Средства для субсидий формируются в следующем порядке:
Услугами по субсидированию можно воспользоваться по следующим ссылкам:
Бурение небольших скважин (для владельцев приусадебных земель)
Бурение больших скважин (для владельцев приусадебных земель и дехканских хозяйств)
Закупка и установка средств водозабора из рек, каналов и других водоемов
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: