O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir o‘rinbosari Shuhrat Mirzayev va vazir maslahatchisi Alisher Shukurov hamda Jahon bankining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat masalalari bo‘yicha bosh direktori Martin van Nyukop boshchiligidagi delegatsiya vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv avvalida Alisher Shukurov O‘zbekiston Respublikasining qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi haqida taqdimot qildi va Strategiya doirasida erishilgan natijalar haqida mehmonlarga so‘zlab berdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Jahon Bankining qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorligi hamda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi va chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish strategiyalarini amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligidagi uchrashuvdan so‘ng Jahon Banki delegatsiyasi vakillari Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlarida amalga oshirilayotgan subloyihalar ijrochilari, yaʼni meva-sabzavotchilik va chorvachilik yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan agrar soha obyektlarini borib o‘rganishdi.
В Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан состоялась встреча заместителя министра Шухрата Мирзаева и советника министра Алишера Шукурова с представителями делегации во главе с генеральным директором Всемирного банка по вопросам сельского хозяйства и продовольствия Мартином ван Ньюкопом.
В начале встречи Алишер Шукуров выступил с презентацией стратегии развития сельского хозяйства Республики Узбекистан и рассказал гостям о результатах, достигнутых в рамках стратегии.
В ходе встречи были обсуждены вопросы сотрудничества между Узбекистаном и Всемирным банком в области сельского хозяйства и реализации стратегий развития сельского хозяйства и животноводства в нашей стране.
После встречи в Министерстве сельского хозяйства представители делегации Всемирного банка посетили исполнителей субпроектов в Самаркандской, Навоийской и Бухарской областях – сельскохозяйственные объекты, действующие в сферах плодоовощеводства и животноводства.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: