O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Annageldi Yazmiradov tashrif buyurdi. Mehmonga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev, qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamrayevlar hamrohlik qilishdi.
Vazirlikda uning quyi tashkilotlari ishtirokida mehmon uchun maxsus kichik ko‘rgazma tashkil etilib, vazir o‘rinbosari Alisher To‘rayev tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida taqdimotlar qilindi.
Vazirlik huzuridagi Agrosanoatni raqamlashtirish markazida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev sohada yo‘lga qo‘yilgan dastur va loyihalar bilan tanishtirib o‘tdi.
O‘z navbatida Turkmaniston tomoni ushbu yo‘nalishda hamkorlikda ishlashni taklif etdi hamda muzokaralar yakunida anglashuv Memorandumini imzolashga kelishib olindi. Ushbu Memorandumga asosan o‘simliklarni klonial, virussiz in vitro usulida ko‘paytirish bo‘yicha Turkmaniston mutaxassislari malakasini oshirish kabi masalalar ko‘zda tutilmoqda.
Annageldi Yazmiradov Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Toshkent davlat agrar universiteti va Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti faoliyati bilan ham tanishdi.
Toshkent davlat agrar universitetiga tashrif davomida Urug‘chilikni rivojlantirish markazi, akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti qoshida tashkil etilgan IN VITRO laboratoriyasi faoliyati va ushbu sohada amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rsatib o‘tildi.
Shuningdek, Toshkent davlat agrar universitetining fakultetlari va unda mavjud kafedralar hamda tayanch doktorantura bosqichida tahsil olayotgan talabalarning bir qator ilmiy ishlari namoyish etildi.
Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida tahsil olayotgan talabalar bilan muloqot qilindi. Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan birgalikda to‘laqonli foydalanishga kelishib olindi.
Заместитель Председателя Кабинета Министров Туркменистана Аннагелди Язмырадов посетил Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан. Гостя сопровождали заместитель Премьер-министра Республики Узбекистан Шухрат Ганиев, министр сельского хозяйства Азиз Воитов и министр водного хозяйства Шавкат Хамраев.
Для гостя в Минсельхозе при участии подведомственных организациях была организована специальная небольшая выставка. В ходе которой заместитель министра Алишер Тураев выступил с презентациями работ, проводимых в сфере сельского хозяйства.
Встреча проходила в Центре цифровизации агропромышленного комплекса при Минсельхозе РУ. Заместитель министра сельского хозяйства Кахрамон Юлдашев представил программы и проекты, запущенные в сфере.
В свою очередь, туркменская сторона предложила сотрудничество в этом направлении, и по итогам переговоров была достигнута договоренность о подписании Меморандума о взаимопонимании. В данном Меморандуме планируется предусмотреть такие вопросы, как повышение квалификации туркменских специалистов в области клональной, безвирусной, in-vitro репродукции растений.
Аннагелди Язмырадов ознакомился с деятельностью Ташкентского государственного аграрного университета (ТГАУ) и Международного сельскохозяйственного университета (IAU) при Министерстве сельского хозяйства.
В ходе посещения ТГАУ была продемонстрирована деятельность лаборатории in-vitro, созданной при Центре развития семеноводства, НИИ садоводства, виноградарства и виноделия им. академика М.Мирзаева и работы, проводимые в этой области.
Также был представлен ряд научных работ факультетов и кафедр ТГАУ и студентов, обучающихся на базовой докторантуре.
Состоялся диалог со студентами IAU. По итогам встречи достигнута договоренность о дальнейшем развитии двустороннего сотрудничества.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: