“Gimn” atamasi yunoncha “gimneo” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, “tantanali qoʻshiq” degan ma’noni anglatadi. Bu ijtimoiy-siyosiy konsolidatsiyaga ega boʻlgan va mamlakat fuqarolarining etnik-madaniy identifikatsiyasini oʻzida mujassam etgan muhim ramzdir.
Mamlakatimiz madhiyasi 1992-yilda qabul qilingan. Musiqasini Mutal Burhonov bastalagan, she’ri esa, Abdulla Oripov qalamiga mansub.
Madhiya mamlakat tarixi, uning milliy an’analari, qadriyatlari, qudrat va salohiyatini o‘zida mujassam etadi. U har bir fuqaroda yuksak tuyg‘ularni uyg‘otish, xalqning ozodligi, orzu-intilishlarini tarannum etish yoʻlida xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini chuqur hurmat qilish mamlakatimiz har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.
O‘zbekiston davlat madhiyasi mamlakatimiz davlat suverenitetining ramzi sanaladi. Davlatimiz madhiyasi hamisha vatanparvarlikning yorqin timsoli va respublikamizning tantanali qo‘shig‘i bo‘lib qolsin!
Термин «гимн» происходит от греческого слова «gimneo» и означает «торжественная песня». Это важная звуковая символика, которая имеет социально-политическую консолидацию и несет этнокультурную идентификацию граждан страны.
Гимн нашей страны был принят в 1992 году. Музыка: Мутала Бурханова, стихотворения: Абдуллы Орипова.
Гимн олицетворяет историю страны, ее духовные традиции, ценности, всю мощь и потенциал. Он призван пробуждать в каждом гражданине высокие чувства, воспевать свободу, мечты и чаяния народа. Глубокое уважение к государственному гимну Республики Узбекистан — патриотический долг каждого гражданина нашей страны.
Государственный гимн Узбекистана – это символ государственного суверенитета нашей страны. Пусть наш национальный гимн всегда остается ярким символом патриотизма и торжественной песней государства!
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: