O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalari statistikasini raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha idoralararo Ishchi guruhining ikkinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi va Qishloq xo‘jaligi vazirligida shakllanayotgan statistik maʼlumotlarning aniqligini oshirish, maʼlumotlarni shakllantirish jarayonlarida inson omilini qisqartirish, o‘zaro elektron hamkorlikni kuchaytirish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning holati muhokama qilindi.
Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarining dastlabki reestri namunasi, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DM tomonidan yaratilayotgan “Agroplatforma” axborot tizimida qo‘llash uchun ishlab chiqilgan mahsulotlar klassifikatori loyihalari va ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirilib, maʼqullandi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: