O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Ushbu qutlug‘ sanalarga bag‘ishlab “Konstitutsiyam faxrim” hamda “Shuhrating porlasin toki bor jahon!” shiorlari ostida o‘tkazilgan tadbir davomida jamoaviy ravishda davlat madhiyasi jo‘rovoz bo‘lib kuylandi.
Tadbirda vazir maslahatchisi Eshmirza Abdualimov hamda Yuridik boshqarma boshlig‘i Ulug‘bek Burxanovlar tomonidan
Bosh Qomusimizda xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai, deb belgilab qo‘yilganligini ta’kidlanib, “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” shiori ostida yurtboshimiz rahnamoligida so‘nggi yillarda jamiyatimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotganlig keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’lumot berdilar.
Ushbu sanaga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir vazirlik tizimidagi tashkilot, korxona va muassasalarda ham o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qabul qilingan kun munosabati bilan “Shuhrating porlasin toki bor jahon” shiori ostida xeshteg tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda institut ilmiy xodimlari va doktorantlar faol ishtirok etdilar.
Davlatimiz madhiyasida xalqimizning o‘zligi, azm-u shijoati, mehnatkashligi, bag‘rikengligi o‘z ifodasini topgan. Shuning uchun ham uni tinglaganimizda qalbimiz g‘urur va ehtirom to‘yg‘usi qalblarda jo‘sh uradi. Mana shunday kutarinki kayfiyat bilan Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari bugungi kunni qarshi oldilar.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: