O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi — Bosh Qomusimiz qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan respublikamizda bayram tantanalari va yurtdoshlarimizni taqdirlash tadbirlari davom etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida ham agrar soha rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh rahbar va xodimlar “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi.
Tadbirni Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov o‘z tabrigi bilan ochib, mamlakatimizda agrar sohani transformatsiya qilish hamda qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishdagi siyosiy, huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy o‘zgarishlar, Konstitutsiyamizning taraqqiyot va mamlakat kelajagidagi o‘rni haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
Shundan so‘ng vazirlikda samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlarga “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak-nishoni va pul mukofotlari topshirildi.
Shuningdek, Vazirlikda ishlab kelayotgan yosh mutaxassislarning ota-onalari ham vazirning tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alariga munosib ko‘rildilar.
По случаю 30-летия принятия Конституции Республики Узбекистан в республике продолжаются торжественные мероприятия и церемонии награждения соотечественников. В Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан группа руководителей и сотрудников, внесших вклад в развитие аграрной отрасли, награждены памятным знаком «30 лет Конституции Узбекистана».
Министр сельского хозяйства Азиз Воитов открыл мероприятие приветствием и высказал свое мнение о трансформации аграрного сектора в нашей стране. Политических, правовых, организационных и экономических изменениях, которые устойчивого развивают сельское хозяйство, а также роли Конституции в развитии и строения будущего страны.
После этого сотрудникам, самоотверженно трудящимся в министерстве, были вручены нагрудной знак «Узбекистон Республикаси Кишлок хужалиги фидойиси» и денежные вознаграждения.
Также благодарственными письмами и памятными подарками министра были отмечены и родители молодых специалистов, эффективно работающих в Министерстве.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: