Toshkentda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning huzuridagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida amalga oshirilayotgan «Sholi ekinlarini yetishtirish va boshqarishni qo‘llab-quvvatlash» loyihasining yakuniy seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda milliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etib, o‘tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar, loyiha natijalari va kelgusi rejalar muhokama etildi.
Loyiha amaliyoti dastlab 2021-yil oktyabr oyida boshlangan bo‘lib, hozirda u yakuniy bosqichda.
Ushbu davr mobaynida FAO tashkiloti tomonidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi, milliy ekspertlar va fermerlarga respublikada sholi hosildorligi va ishlab chiqarilishini yanada oshirish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha texnik yordam ko‘rsatildi. Xususan, Andijon va Toshkent viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida sholi yetishtirishning murakkab tizimlari va ilg‘or usullarini namoyish etish maqsadida tajriba maydonchalari tashkil etildi. Shuningdek, soha mutaxassislarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida tayyorlash yakunlanib, sholi yetishtirishning asosiy jihatlari va yangi texnologiyalari bo‘yicha fermerlar dala maktablari o‘tkazildi.
Loyihaga ko‘ra, xorijiy tajribani joriy etish yuqori sifatli sholi mahsulotlari ishlab chiqarish, sholi yetishtirishning ilmiy asoslangan usullari va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, respublikada sholi yetishtirishni ko‘paytirish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, sotish bozorlari va eksport hajmini oshirish ko‘zda tutilgan.
Bularning barchasi, o‘z navbatida, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan, ikkinchi maqsad “Ochlikni bartaraf etish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va ovqatlanishni yaxshilash va qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishga ko‘maklashish”, shuningdek, qishloq xo‘jaligida ayol-fermerlar va yoshlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish orqali beshinchi maqsad “Gender tengligi”ga erishishga hissa qo‘shadi.
Eʼtiborlisi, ushbu loyiha doirasida sholi yetishtirish bo‘yicha Milliy strategiya loyihasini, shuningdek, ixtisoslashgan tashkilotlar uchun texnik ko‘rsatmalar va yordamchi o‘quv materiallarini ishlab chiqildi.
В Ташкенте состоялся заключительный семинар проекта «Поддержка производства и управления рисовыми культурами», который реализуется Продовольственной и сельскохозяйственной организацией Объединённых Наций (ФАО) совместно с Министерством сельского хозяйства Республики Узбекистан и Научно-исследовательским институтом рисоводства при нем.
В мероприятии приняли участие национальные и международные эксперты, которые рассказали о работе, проделанной за прошедший год, результатах проекта и дальнейших планах.
Проект был запущен в октябре прошлого года и сейчас находится на заключительной стадии.
За это время со стороны ФАО была оказана техническая поддержка для повышения потенциала Министерства сельского хозяйства, национальных экспертов и фермеров для дальнейшего увеличения урожайности и производства риса в республике. В частности, в Андижанской и Ташкентской областях и в Республике Каракалпакстан были созданы пилотные участки для демонстрации комплексных систем и передовых методов выращивания риса. Также уже завершено обучение специалистов отрасли на основе передового зарубежного опыта, проведены полевые школы фермеров по ключевым аспектам и новым технологиям производства риса.
Согласно проекту, внедрение зарубежного опыта будет способствовать производству высококачественной рисовой продукции, внедрению научно обоснованных методов выращивания риса и ресурсосберегающих технологий, увеличению объемов производства риса в республике, расширению рынков сбыта продукции и увеличению экспорта.
Всё это, в свою очередь, способствует достижению Целей Устойчивого Развития, в частности, Цели 2 «Ликвидация голода, обеспечение продовольственной безопасности и улучшение питания, и содействие устойчивому развитию сельского хозяйства», а также Цели 5 «Гендерное равенство», посредством расширения прав и возможностей женщин-фермеров и молодёжи в сельском хозяйстве.
Стоит отметить, что в рамках данного проекта был разработан проект Национальной стратегии по рисоводству, а также техническое руководство и вспомогательные учебные материалы для профильных организаций.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: