Avokado mamlakatimiz bozorida deyarli yaqinda paydo bo‘ldi. Ammo u allaqachon gurman auditoriyasini egalladi va haqiqatan u sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish tarafdorlari uchun eng foydalidir.
Daraxt hosili meva hisoblanadi.
Avokado daraxti botanik jihatdan dafnaning eng yaqin qarindoshi desak mubolaga bo‘lmaydi.
1998-yilda Ginnesning rekordlar kitobi avokadoni dunyodagi eng foydali meva deb tan oldi.
Avokadoning vatani – Janubiy Amerika. Daraxti 20 metrgacha balandlikda bo‘lishi mumkin.
Avоkadoning eng keng tarqalgan navi “Хass” deb nomlanadi. O‘z hovlisida mazali avokado daraxtini topib, uni 1935-yilda patentlagan amerikalik pochtachi Rudolf Xass sharafiga nomlangan.
Dastlab yevropaliklar mevani totib ko‘rishgan va ispanlar tomonidan unga «avokado» nomini berilgan.
Pishgan meva nozik tuzilishga ega bo‘lib, ta’mi noaniq o‘tlar bilan sariyog‘ni eslatadi. Shuningdek, qarag‘ay yong‘oqlarining ham ta’mi bor.
O‘rtacha kattalikdagi mevada eriydigan va erimaydigan taxminan, 10 gramm toza klechatka mavjud.
Klechatkaning umumiy miqdoridan 75% erimaydi, bu esa, oziq-ovqatning tanada hazm bo‘lishini tezlashtiradi. Qolgan 25% eriydigan moddalar insonga to‘qlik hissini beradi.
Avokado daraxtda o‘sadi. Mevalar shoxdan uzilgandagina ular to‘liq pishgan hisoblanadi. Ushbu kunni kutgan holda, avokado 18 oygacha shoxga turishi mumkin va uning sifati buzilmaydi.
Avokado barglari, meva qobig‘i va urug‘ida hayvonlar va odamlar uchun xavfli bo‘lgan fungitsid toksini mavjud.
Dunyoda avokadoning 400 ta navi bor.
Avokado tarkibida kaliy ko‘pligi bois, chempion hisoblanadi. U kattalar uchun zaruriy kunlik kaliy ehtiyojining 14% ni o‘z ichiga oladi. Meva vitaminlar, minerallar, sog‘lom yog‘lar va boshqa oziq moddalarga boy. U yoshartiruvchi xususiyatlarga ega — qarish jarayonini sekinlashtiradi, shu bilan terining taranghligini saqlaydi.
Yog‘ miqdori va yuqori kaloriya tarkibiga egaligiga qaramasdan, avokado parhezbop mahsulotdir. Unda xolesterin yo‘q va tarkibidagi yog‘lar organizm tomonidan 100 foiz so‘riladi.
Bundan tashqari, ushbu meva diabetga chalinganlar uchun tavsiya etiladi. U bir yarim foizdan kam shakarni o‘z ichiga oladi, lekin u sog‘liq uchun foydali bo‘lgan va immunitet tizimini mustahkamlaydigan juda ko‘p vitamin va minerallarga boy.
Janubiy Amerikaning ba’zi xalqlari avokadoni eng kuchli “afrodizyak” deb bilishadi. Shuning uchun yangi turmush qurganlarga to‘ylarida bu mevalar beriladi. Osiyoda mango odatda xuddi shu maqsadda sovg‘a sifatida taqdim etiladi.
Avokado tarkibida juda ko‘p protein mavjud bo‘lib, u go‘shtli taomlarni to‘liq almashtira oladi.
Bu janubiy daraxt sovuqni yoqtirmaydi, shuning uchun uni xona haroratida saqlash kerak. Mevasi sovutgichda tezroq buziladi.
Agar avokado uzoq muddatli issiqlik bilan ishlov berilsa, u achchiq ta’mga ega bo‘la boshlaydi. Shuning uchun uni xom holda ishlatish afzal. Agar qaynatilgan bo‘lsa, unda uzoq vaqt saqlash mumkin emas.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: