Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini tizimli tashkil qilish, sohadagi loyihalarni amalga oshirishning samarali mexanizmini joriy etish, qo‘shimcha qiymat zanjirini rivojlantirish va transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparatida Loyiha boshqaruvi ofisi ishga tushirildi.
Ushbu boshqaruv ofisining ishini samarali tashkil etish va unga xodimlarni tayyorlash maqsadida 2022-yilning 19-20-dekabr kunlari vazirlikning markaziy apparati va tizim tashkilotlari xodimlari uchun “Loyihalarni amalga oshirish va mahsulotlarni yaratishga moslashuvchan yondashuvlar” mavzusida ikki kunlik amaliy trening tashkil etildi.
Treningda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, vazir o‘rinbosari Qahramon Yuldashev, vazir maslahatchisi Alisher Shukurov, vazirlik huzuridagi Agrosanoatni raqamlashtirish markazi direktori Saidagzam Alimov hamda vazirlikning boshqarma boshliqlari, loyihalar bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar ishtirok etishdi.
E’tiborlisi, uni amaliyotga tatbiq etish orqali Qishloq xo‘jaligi vazirligi kuchlarni to‘g‘ri taqsimlash va vakolatlarni shakllantirishda loyihalarni boshqarish bo‘yicha kadrlar tayyorlashni boshlaydi. Bu esa ishning tezkorligi va samadorligini taʼminlaydi.
Unda qatnashchilar jamoa bilan ishlashni va loyihalarni boshliqsiz boshqarishni o‘rganishmoqda. Shuningdek, ishtirokchilarga noanʼanaviy usulda loyihalarni yuritish yo‘l-yo‘riqlari ham batafsil tushuntirildi.
“Bundan buyon endi biz ushbu ish tartibiga o‘tamiz. Mana Loyiha boshqaruvi qarorlari chiqdi, boshqaruvchisi aniqlandi. Barcha qilayotgan ishlarimiz, loyihalarimiz, islohotlarimizni tezlashtirish va jarayonlarimizni rivojlantirish uchun biz ushbu loyihaviy menejmentga o‘tyapmiz. Men o‘ylaymanki, birgalikda bu borada yaxshi natijalarga erishamiz” – dedi qishloq xo‘jaligi vaziri A.Voitov.
Bu tizim orqali innovatsion loyihalarni boshqaruv shakli hisoblanadi. bu kabi treninglar keyinchalik ham davom etadi.
В целях системной организации выполнения задач, поставленных в стратегии развития сельского хозяйства, внедрения эффективного механизма реализации проектов в отрасли, развития цепочки создания добавленной стоимости и ускорения процессов трансформации в центральном аппарате Минсельхоза запущен офис управления проектами.
В целях эффективной организации работы данного управления и подготовки к ней персонала 19-20 декабря 2022 года для сотрудников центрального аппарата министерства и системных организаций был организован двухдневный практический тренинг на тему: «Гибкие подходы к реализации проектов и созданию продукции».
На тренинге присутствовали министр сельского хозяйства Азиз Воитов, заместитель министра Кахрамон Юлдашев, советник министра Алишер Шукуров, директор центра цифровизации агропромышленного комплекса при Министерстве РУ Саидагзам Алимов.
Примечательно, что внедряя этот проект в практику, Минсельхоз начинает подготовку кадров по управлению проектами при правильном распределении сил и формировании компетенций. Это обеспечивает оперативность и эффективность работы.
На тренинге участники учатся работать в команде и управлять проектами без руководителя. Участникам также были подробно объяснены инструкции по ведению проектов “нетрадиционным” способом.
«Мы переходим к такому управлению проектами, чтобы ускорить все, что мы делаем – проекты, реформы и развитие процессов. Я думаю, что вместе мы добьемся хороших результатов в этом отношении», – сказал министр сельского хозяйства Азиз Воитов.
Подобные тренинги продолжатся и в будущем.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: