6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovskaya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar quyidagi masalalar bo‘yicha asosiy masalalarni muhokama qildilar: O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarda mo‘ljallangan strategiyasiga muvofiq 2023-2024-yillarda Qishloq xo‘jaligi vazirligini isloh qilish va uning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash dasturi; O‘zbekiston hukumatining yashil iqtisodiyotga o‘tish dasturini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha BMT strategik tashabbuslari (davom etayotgan va rejalashtirilgan) to‘g‘risida xabardorlikni oshirish, bunda qishloq xo‘jaligi sektoriga, jumladan, “yashil rivojlanish” strategiyasi asoslarini ishlab chiqishdagi hamkorlikka, Orolbo‘yi mintaqasi va Farg‘ona vodiysidagi ishlar, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi sektori uchun milliy moslashuv rejalarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va BMTTDning mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida siyosiy islohotlar kun tartibiga tashabbuslarning samarali hissasini qo‘shish bo‘yicha amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarning holati muhokama qilindi.
“Bugungi kundagi asosiy vazifamiz davlat apparati faoliyatini ma’muriy-statistik nazorat funksiyalaridan konsultativ xizmatlar ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga o‘tkazishdan iborat. Kelgusi ikki yil ichida biz o‘z ishimizni bir qancha muhim jihatlarga qaratmoqchimiz.
Biz BMTTDning agro-oziq-ovqat sektorida yashil iqtisodiyotga inklyuziv o‘tishni va qishloq xo‘jaligi bilimlari hamda innovatsiyalarining “iqlimga mos” tizimini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash loyihasini ma’qullaymiz. Uzoq muddatli istiqbolda biz AKIS markazi ishining o‘zini o‘zi moliyalashtirish modelini yaratishga intilmoqdamiz va ishonchim komilki, BMTTD loyihasining natijalari buning uchun yaxshi zamin yaratadi”, — dedi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov.
6 декабря состоялась встреча министра сельского хозяйства РУ Азиза Воитова с постоянным представителем ПРООН в Узбекистане Матильдой Димовской.
В ходе встречи стороны обсудили ключевые моменты по: Программе реформ и приоритетов Министерства сельского хозяйства на 2023-2024 годы в соответствии со Стратегией развития сельского хозяйства Узбекистана на 2020-2030 годы; Информированность о стратегических инициативах ПРООН (текущих и планируемых) в области поддержки повестки зеленого перехода правительства Узбекистана, с особым акцентом на сельскохозяйственный сектор, включая сотрудничество в разработке Рамочной стратегии зеленого роста, работы в регионе Аральского моря и Ферганской долине, разработка национальных планов адаптации, в том числе для сектора сельского хозяйства. А также был обсужден статус реализуемых в настоящее время совместных проектов Министерства сельского хозяйства и ПРООН для обеспечения эффективного вклада инициатив в повестку дня политических реформ в сельскохозяйственном секторе страны.
«Наша основанная задача на сегодня это – перестроение работы государственного аппарата от функций административно-статистического контроля в сторону предоставления консультативных услуг и оказания адресной поддержки сельхоз производителям. В ближайшие два года мы планируем сфокусировать работу на нескольких ключевых аспектах.
Мы приветствуем проект ПРООН по поддержке инклюзивного перехода к «зеленой» экономике в агропродовольственном секторе и развитие «климатически оптимизированной» узбекской системы сельскохозяйственных знаний и инноваций. В долгосрочной перспективе мы стремимся построить самофинансируемую модель работы Центра AKIS и убежден, что результаты проекта ПРООН заложат для этого хороший фундамент», отметил Азиз Воитов, министр сельского хозяйства Республики Узбекистан.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: