O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir Aziz Voitov boshchiligida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy Markazi huzuridagi 12 ta ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Markaz direktori Alisher To‘rayev hamda ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari ishtirok etdi.
Yig’ilishda dastlab ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari tomonidan 2023-yilga mo‘ljallangan rejalarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Institut rahbarlari xorijiy va mahalliy loyihalarni ko‘proq jalb etish, tijoratlashtirish yo‘nalishlarida tegishli ishlarni amalga oshirish zarurligini taʼkidladilar. Shuningdek, xorij tajribasini o‘rganish, ilmiy-tadqiqot institutlarida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Oʼzbekiston Respublikasi Qishloq xoʼjaligi vazirligining rasmiy veb sayti joriy yilning 1-iyul sanasidan https://gov.uz/agro domeniga oʼtkazildi
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: