O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga “Caspian Energy Club”ga aʼzo kompaniyalar rahbarlaridan iborat Telman Aliyev boshchiligidagi delegatsiya vakillari tashrif buyurishdi. Ular vazirlikning Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, Marketing, Investitsiyalar va xalqaro hamkorlik, To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hamda Xalqaro moliya institutlari loyihalari va grantlarni muvofiqlashtirish boshqarmalari xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazishdi.
Taʼkidlash joiz, “Caspian Energy Club” dunyoning 5 mamlakatidan 50 mungdan ortiq kompaniyalarni burlashtiruvchi jadal rivojlanayotgan yirik mintaqaviy tashkilot hisoblanadi. Kompaniya 2002-yil iyun oyida “Caspian Energy Club” va yirik neft-gaz kompaniyalari ko‘magida tashkil etilgan.
Uchrashuv chog‘ida “Caspian Energy Club”ga aʼzo kompaniyalar tomonidan O‘zbekistonning agrar sohasiga investitsiya kiritish masalalari muhokama etildi. Jumladan, sovutkichli omborxonalar qurish va quritilgan mevalarni tayyorlash yo‘nalishlariga qiziqish bildirishdi. Shuningdek, mamlakatimizdagi yirik go‘sht va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlik qilish tashabbusi bilan chiqishdi. Bundan tashqari, respublikamizda yer ajratish tizimi, bu borada belgilangan tartib mehmonlarning eʼtiborida bo‘ldi.
Представители делегации во главе с Тельманом Алиевым в составе руководителей компаний-членов «Caspian Energy Club» посетили Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан. Они провели встречу с работниками управлений развития пищевой промышленности; маркетинга; инвестиций и международного сотрудничества; прямых инвестиций, внешней и внутренней торговли; привлечения и координации средств внешней безвозмездной помощи.
Следует отметить, что «Caspian Energy Club» – крупная, динамично развивающаяся региональная организация, объединяющая более 50 тысяч компаний из 5 стран мира. Основана в июне 2002 года при поддержке крупных нефтегазовых компаний.
В ходе встречи обсуждались вопросы инвестирования в аграрный сектор Узбекистана компаниями-членами «Caspian Energy Club». В частности, они выразили заинтересованность в строительстве холодильных складов и заготовке сухофруктов, а также выступили с инициативой сотрудничества с крупными производителями мяса и молока в нашей стране. Кроме того, в центре внимания гостей была система землеотвода в нашей республике и установленный в связи с этим порядок.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: