In-vitro bu — sunʼiy sharoitlarda probirkada, shisha idishlarda o’simliklarni o’stirishni nazarda tutadi. Yaʼni, steril sharoitda, laboratoriya xonalarida o‘simliklarni shisha idishlarda ko‘paytiriladi. Bugun qishloq xo‘jaligida faoliyat olib borayotgan In-vitro laboratoriyalari qanday ishlarni amalga oshirmoqda? Ushbu laboratoriyalarning boshqa oddiy laboratoriyadan afzalliklari bormi?
Maqolamizda ana shular haqida maʼlumotlar beramiz.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining “Biotexnologiya” c 2015-yildan faoliyatini boshladi.
Ushbu laboratoriya “Hujayra va to‘qimalar kulturasi muhandisligi”ga asoslangan bo‘lib, bu yerda o‘simliklarni hujayra va to‘qimalarini klonli (nusxali) mikroko‘paytirish ishlari amalga oshiriladi.
In-vitro laboratoriyasida o‘simliklardan ajratilgan to‘qimalarni steril sharoitda, sunʼiy ozuqa muhitlarda kulturalash (o‘suv nuqtalari, yon kurtaklaridan laboratoriya sharoitida sterillab, maʼlum bir vaqtga sunʼiy ozuqa muhitlariga kiritish) orqali biotexnologiyada qimmatli genotiplarni saqlash, ko‘paytirish, ularning embriogenezini amalga oshirish va ekish materiallarini sog‘lomlashtirish amalga oshiriladi.
In-vitro laboratoriyasida o‘simlik yetishtirishning ustunligi.
Ushbu laboratoriyada o‘simlik yetishtirish orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin:
Hujayralardan ko‘paytirish. Urug‘li o‘simliklar ikki xil yo‘l bilan ko‘paytiriladi: Urug‘dan va vegetativ.
Bu ikkala yo‘lni afzalligi ham, kamchiligi ham bor. Urug‘dan ko‘payishning kamchiligiga eng avvalo, olingan ko‘chatlarni genetik xilma-xilligi va yuvenil davrining uzunligini ko‘rsatish mumkin. Vegetativ ko‘payishda ona o‘simlikni genotipi saqlanib qoladi va yuvenil davr qisqaroq bo‘ladi. Ammo ko‘pchilik turlar (eng avvalo yog‘och hosil qiladiganlar) uchun vegetativ ko‘payish muammosi oxirigacha o‘z yechimini topgani yo‘q. In-vitro laboratoriyasida esa o‘simlikni hujayralaridan ko‘paytirish mumkin.
Boshqa laboratoriyalardan farqi. In-vitro laboratoriyasida yetishtirish usulida o‘simlik hujayralarigagina xos bo‘lgan noyob — totipotentlik xususiyati, yaʼni tashqaridan keladigan taʼsir orqali butun o‘simlik organizmi hosil bo‘lishiga turtki bo‘lishni ko‘rish mumkin.
In-vitro – выращивание растений в пробирках и стеклянных контейнерах в искусственных условиях. Здесь выращиваются растения в стерильных условиях в стеклянных емкостях в лабораторных помещениях. Какова деятельность лабораторий in vitro, работающих сегодня в сельском хозяйстве? Какие у этих лабораторий преимущества перед другими лабораториями?
О них мы расскажем сегодня в нашей статье.
Лаборатория In-vitro «Биотехнология» при НИИ садоводства, виноградарства и виноделия имени академика М. Мирзаева Министерства сельского хозяйства Республики Узбекистан начала свою деятельность в 2015 году.
Эта лаборатория базируется на «Инженерии клеточных и тканевых культур», где осуществляется клональное (копирование) микроразмножение клеток и тканей растений.
В лаборатории in vitro путем культивирования из тканей растений в стерильных условиях и в питательной среде (стерилизация в лабораторных условиях из точек роста, боковых побегов, введение в искусственные питательные среды на определенное время) осуществляется сохранение ценных в биотехнологии генотипов, для воспроизводства и осуществления их эмбриогенеза, а также оздоровления посадочного материала.
Преимущества лабораторной селекции растений in-vitro.
Выращивая растения в лаборатории in-vitro, можно добиться следующих результатов:
Размножение из клеток. Семенные растения размножают двумя способами: из семян и вегетативно.
Оба этих способа имеют преимущества и недостатки. Одним из недостатков семенного размножения является генетическое разнообразие сеянцев и длительность ювенильного периода. При вегетативном размножении сохраняется генотип материнского растения и укорачивается ювенильный период. Но для многих видов (прежде всего древесных) проблема вегетативного размножения до сих пор не решена. В лаборатории in-vitro растение можно размножать из его же клеток.
Отличие от других лабораторий. В лабораторном методе культивирования in-vitro можно увидеть уникальное свойство растительных клеток — тотипотентность, т. е. стимулирование формирования всего растительного организма внешними воздействиями.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: