O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi vakillari Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutiga tashrif buyurib, hamkorlik Memorandumini imzolashdi.
Tadbirda Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi direktori Marks Xakimov va Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori Yelmurad Toreniyazov hamda institut va markaz xodimlari qatnashishdi.
Memorandum doirasida tomonlar o‘zaro axborot va madaniy aloqalarni rivojlantirishga, shuningdek, taʼlim, tadqiqot va qishloq xojaligi texnikalarini sinash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar. Unga asosan, ikki tomonlama qo‘shma loyihalar va dasturlar amalga oshiriladi. Markaz va institutning professor-o‘qituvchilari va tajribali xodimlari ishtirokida ilg‘or ishlab chiqaruvchilar bilan qo‘shma seminarlar tashkil etish ham ko‘zda tutilgan. Shuningdek, qoraqalpoq tuproq iqlim sharoitida qishloq xoʻjaligi texnikalarini sinovdan oʻtkazish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish ham rejalashtirildi.
Tomonlar kelishuviga ko‘ra, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida tahsil olayotgan talabalar Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazida amaliyot o‘tab, tajriba o‘rganishi va ishga joylashishlari mumkin.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: