2022-yilda respublika bo‘yicha barcha toifa xo‘jaliklarida
91,1 ming gektar maydonga piyoz ekilib, 1,9 mln tonna shundan, avgust-sentyabr oylarida 665 ming tonna kuzgi hosil yetishtirildi.
Yetishtirilgan piyoz hosilining 1,2 mln tonnasi aholi isteʼmoliga, 203 ming tonna eksportga, 93,2 ming tonna zaxiraga, 210 ming tonna umumiy ovqatlanish va qayta ishlash korxonalariga yo‘naltirildi. Tabiiy yo‘qotishlar esa 228 ming tonnani tashkil qildi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023-yilning 20-yanvaridan 30-apreliga qadar tibbiy meʼyorlar bo‘yicha aholining piyozga bo‘lgan isteʼmol talabi o‘rtacha 346 ming tonnani tashkil etadi.
O‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish tizimida uzilishlar yuzaga kelishi oqibatida, mamlakatimizning ayrim dehqon bozorlarida xaridorlar tomonidan mazkur mahsulot narxining oshishi borasida salbiy fikrlarning tarqalishiga sabab bo‘lmoqda. Bunday holat esa bozorlarda ushbu turdagi mahsulot narxiga ham taʼsir qilishi mumkin. Masalan, bugungi kunda respublika dehqon bozorlarini o‘rganganimizda, piyozning o‘rtacha chakana narxi 6 000-8 000 so‘m, ulgurji narxi o‘rtacha 5500-6500 so‘m ekanligi maʼlum bo‘ldi.
Buning asosiy sababi sifatida, respublikada joriy yilning 9-yanvaridan 17-yanvargacha bo‘lgan keskin sovuq (o‘rtacha -13o darajadan -22o daraja) sababli, yoqilg‘i-energetika sohasida vujudga kelgan muammolar va mahsulotni tashish logistikasi tizimida yuzaga kelgan uzilishlarni ko‘rsatish mumkin.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan, 2023-yilning 9-yanvarida zaxiradagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sovuqdan asrash, asosiy turdagi mahsulotlar sifatini buzmay saqlash maqsadida, soha olimlari va mutaxassislarining tavsiyalari mamlakatimizning hududiy boshqarmalariga yuborilgan hamda ommaviy axborot vositalari orqali yoritilgan.
Biroq, keskin sovuq natijasida, dehqon bozorlarida ayrim ochiq rastalarda saqlangan piyoz mahsulotlari muzlab qolgan (muzlash harorati -5 odaraja) hamda noqulay ob-havo sharoiti, natijasida, taklif yaʼni, bozorga mahsulotni olib kelish hajmi pasaygan.
Malasan, xorijiy davlatlardagi holatni o‘rganganimizda, jahonda kechayotgan geosiyosiy vaziyat va iqtisodiy munosabatlar zanjiridagi murakkabliklar natijasida, piyozning dunyo bozoridagi narxi sezilarli darajada oshganligini ko‘rish mumkin. Oqibatda, O‘zbekiston va MDHda piyoz narxi 2 barobarga o‘sgan. Jumladan, bugungi kunda Ukrainada 74 sent*, Gruziyada 56 sent*, Belarussiya, Polsha, Moldova va Tojikistonda 47-50 sentni*tashkil etmoqda.
Mamlakatimizda, ichki isteʼmol bozor narxini arzonlashtirish, aholining isteʼmol talabini qondirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilning 1-yanvaridan 4 oyga piyoz eksportiga vaqtincha cheklov o‘rnatildi.
Bugungi kunda, joylardagi zaxira qilingan piyoz маhsuloti holati o‘rganildi. Jumladan, hududlarda zaxira miqdori 87 ming tonna va aholi xonadonlarida 232 ming tonna, jami 319 ming tonna piyoz mahsuloti borligi viloyatlar tomonidan tasdiqlanmoqda. Bu esa, joylarda piyoz zaxirasi mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Mutaxassislarning tahlillariga ko‘ra, aholining isteʼmol talabi doirasida mavjud zaxiraga qo‘shimcha 26,5 ming tonna piyoz kerakligini ko‘rsatmoqda. Ushbu mahsulotlarni import qilish bo‘yicha xorijiy davlatlardagi sohaviy hamkorlar bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, janubiy viloyatlarimizda bahor faslidan piyozning ertapishar navi yetishtirib olinadi. Jumladan, Surxondaryo va Qashqadaryo zaminida ekilgan urug‘ rejadagidek unib, hosil bersa, bu boradagi taqchillik yuzaga kelmasligi va aholi talabini to‘liq qoplanishi bo‘yicha hisob-kitoblar mavjud.
Hozirgi kunda esa, mamlakatimizda nafaqat piyozning balki, barcha asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining zaxirasi mavjud va o‘rnatilgan tartibda saqlanmoqda. Talab va taklif mutanosibligi asosida ushbu zaxiralarni mamlakatimiz dehqon bozorlariga chiqarish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada barcha masʼullar aniq reja asosida ish yuritmoqda. Hukumat komissiyasi tomonidan taʼminotda uzilishlar bo‘lmasligi yuzasidan va narx oshishining oldini olishga qaratilgan zaruriy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
*-AQSh dollari ekvivalenti
Данные за 2022 год по репчатому луку по всем категориям хозяйств республики.
Репчатый лук высажен на 91,1 тыс. га. Выращено более 1,9 млн тонн из них 665 тыс. тонн в августе-сентябре 2022 года.
На потребление населения направлено 1,2 млн тонн выращенного урожая лука, на экспорт – 203 тыс. тонн, заложено в резервы – 93,2 тыс. тонн, на предприятия общественного питания и перерабатывающие предприятия – 210 тыс. тонн. Естественные потери составили 228 тыс. тонн.
По предварительным оценкам, с 20 января по 30 апреля 2023 года потребность населения в луке составит в среднем 346 тысяч тонн.
Однако, в результате перебоев в системе поставок сельхозпродукции, на некоторых фермерских рынках возникает ажиотаж относительно этого вида продукции, который влияет на цену в сторону повышения.
На сегодняшний день, изучив фермерские рынки республики, средняя розничная цена лука репчатого составляет 6000-8000 сумов, а оптовая – 5500-6500 сумов.
Основной причиной этого является резкое похолодание. Так, с 9 по 17 января 2023 года в среднем температура воздуха составила от -13°С до -22°С. Возникли перебои в топливно-энергетическом комплексе, системе логистики и транспорта продукции.
9 января 2023 года Министерство сельского хозяйства направило рекомендации ученых и специалистов в областные администрации страны в целях защиты сельскохозяйственной продукции от холода и сохранения качества продукции.
Однако, в результате низких температур, луковая продукция, хранившаяся на фермерских рынках на открытых площадках, была заморожена (температура замерзания -5оС). В результате чего объем продукции уменьшился.
Изучение ситуации в зарубежных странах относительно репчатого лука показало, что цена на данный продукт на мировом рынке значительно возросла в результате геополитической ситуации в мире и усложнения цепочки экономических отношений. В результате цена лука в Узбекистане выросла вдвое. К примеру, сегодня Украина продает лук по 0,74 долл. США/кг, Грузия – 0, 56 долл. США/кг, Белоруссия, Польша, Молдова и Таджикистан – 0,47-0,5 долл. США/кг.
В нашей стране в целях удешевления внутреннего рынка, удовлетворения потребительского спроса населения и обеспечения продовольственной безопасности в Республике Узбекистан установлено временное ограничение на вывоз лука репчатого сроком на 4 месяца, начиная с 1 января 2023 года.
На сегодняшний день регионами подтверждено, что имеется 87 тысяч тонн луковой продукции, а в хозяйствах – 232 тысячи тонн, всего 319 тысяч тонн. Это свидетельствует о наличии запасов лука.
Согласно анализу специалистов, потребительскому рынку потребуется еще 26,5 тыс. тонн лука к имеющемуся запасу для удовлетворения полного спроса.
В настоящее переговоры с промышленными партнерами в зарубежных странах об импорте данной продукции.
В то же время в наших южных регионах ранние сорта лука возделывают с весны. По расчетам, если семена, посаженные в Сурхандарьинской и Кашкадарьинской областях, прорастут и дадут урожай в соответствии с планом, дефицита не будет и спрос населения будет полностью покрыт.
В настоящее время в нашей стране не только лук, но и все основные виды сельскохозяйственной продукции заготавливаются и хранятся в установленном порядке. На основе баланса спроса и предложения ведется планомерная работа по выпуску этих запасов на фермерские рынки нашей страны.
В связи с этим все ответственные лица работают по четкому плану. Правительственной комиссией принимаются необходимые меры для обеспечения бесперебойных поставок и недопущения роста цен.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: