Qish faslida havo harorati keskin sovuq bo‘lganida, sabzavot va meva mahsulotlarini o‘rnatilgan tartibda saqlash oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim o‘rin tutadi.
Bugungi kunda, respublikamizda meva mahsulotarini saqlashga mo‘ljallangan 4 426 tadan ortiq umumiy sig‘imi 1,5 mln tonna bo‘lgan sovutgichli omborxonalar mavjud. Sovutgichli omborxonalar mamlakatimizning har bir hududida bor.
Respublikamizda 2022-2023-yil qish mavsumiga 583 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxira qilish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 640 ming tonna zaxira qilingan.
Qish mavsumiga zaxira qilingan mevalarni saqlashda o‘ziga xos meʼyor va talablar mavjud. Zaxiradagi meva mahsulotlari faol shamollatish va muzlatgichli statsionar omborlarda hamda aholi xonadonlarida-mavsumiy omborxonalarda saqlanadi. Ana shu yo‘l bilan aholining meva va sabzavotlarga bo‘lgan ehtiyojini yil davomida qondirish imkoniyati yaratiladi.
Yaʼni, har bir mahsulot qoida va me’yorlarda belgilangan maʼlum harorat va havoning nisbiy namligida saqlanishi lozim.
Saqlash rejimi quyidagi muhim omillarni o‘z ichiga oladi: harorat, havo namligi, havo almashinuvi, gaz muhiti va yorug‘lik tarkibi.
Mahsulotlarni saqlash jarayonida belgilangan havo haroratidan pasayib ketishi mahsulotlarni muzlab qolishiga sabab bo‘ladi.
Mevalarni sovutgichlarda saqlashda mutaxassislar tomonidan har biri uchun belgilangan vaqt ko‘rsatkichlari va harorat me’yorlari mavjud. Masalan, o‘rik mevasi sovutgichda 1-3 haftagacha, -0,5-00 daraja haroratda saqlanishi kerak. Sovutgichda -1-0,50 daraja haroratda saqlanishi kerak bo‘lgan gilos 2-3 hafta saqlansa, uzum 1-6 oy muddatgacha o‘z sifatini yo‘qotmaydi. -0,5-00 daraja haroratda saqlanadigan shaftoli sovutgichda 2-4 hafta saqlansa, anjirning saqlanish muddati 7-10 kun, olxo‘riniki 2-5 haftani tashkil etadi. 00 daraja haroratda saqlanadigan mevalarning saqlanish muddati: olchaniki 3-7 kun, kiviniki 3-5 oyga teng. Olma -1, -20 daraja haroratda sovutgichda 1-12 oy sifatini yo‘qotmaydi. Xurmo -10 daraja haroratda 3-4 oy saqlanadi. Anor mevasi esa 50 daraja sovuqqa 2-3 oy mobaynida saqlanishi mumkin. Osiyo va Yevropa noklari -1,5-0,50 daraja haroratda sovutgichda 2-7 oygacha saqlanishi mutaxassislar tomonidan tavsiya etiladi. Sitrus mevalar: apelsin 4-90 daraja haroratda 3-8 hafta saqlansa, mandarin 2-4 hafta mobaynida yangi uzilgandek turadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: