Bugun aholini yil bo‘yi poliz mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida bodringni issiqxonalarda yetishtirilmoqda. Sahifamizda bodringni issiqxonada yetishtirish bo‘yicha tavsiyalarni taqdim etamiz.
Tuproqni tayyorlash. Bodring ko‘chatlarini ekishdan oldin issiqxona tuprog‘ini ekishga tayyorlanadi. Eng avval issiqxona tuprog‘i tekislanadi. Ekishga mo‘ljallangan maydon kasallik va zararkunandalardan hamda begona o‘tlardan tozalash maqsadida shaffof polietilen plyonka bilan yopib qizdiriladi. Bunda tuproq usti yopilgan holatda 1-1,5 oygacha turadi. So‘ngra plyonka olib tashlanib, issiqxona tuprog‘i tekislanadi va tomchilatib sug‘orish quvurlari yotqiziladi.
Ko‘chatini ekish. Issiqxonada yetishtirish uchun bodringni ko‘proq ko‘chatidan foydalangan maʼqul. Chunki ko‘chatidan ekilsa, o‘simlik kasallik va zararkunandalardan holi bo‘ladi. Shuningdek, o‘simlik ildizi baquvvat bo‘lib, mahsulot erta pishib yetiladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestriga 2020-yilda issiqxonalar uchun mahalliy “Navbahor”, “ToshDAU-70”, “Elegant”, “Samar” kabi birinchi avlod duragaylar va chet el duragaylaridan “Roki”, “Fokus”, “Eliza”, “Sultan”, “Majestik”, “Seydra Alamir”, “Alanis”, “Adrian”, “Barxan, Valeystar”, “Kristina”, “Multistar”, “Melen”, “Nail”, “Orzu”, “Passandra”, “Pikolino”, “Pontiya”, “Seray”, “Superdelta”, “Jazzer”, “Xarman”, “Luna”, “Tristan” kabi bir qancha duragaylar tavsiya etilgan.
Ko‘chatlar jo‘yaklarga ikki qator qilib oldindan tayyorlangan chuqurchalarga (uyalarga) o‘tqaziladi. Uyalar dastlab iliq (22-25 °daraja) suv bilan sug‘oriladi. Ko‘chatlar tik holatda, kubik yoki tuvakchalarining 3/4 qismi uyalarga kiritib o‘tqaziladi. O‘sib ketgan ko‘chatlar qiyalatib o‘tqaziladi, ammo poyasi ko‘milmaydi. Ko‘chat o‘tqazilgandan so‘ng jo‘yaklar orqali suv beriladi.
Ekishdan bir hafta o‘tgach, tuproq yuzasidagi begona o‘tlarni tozalash, uni kislorodga to‘yinishi uchun ekinni ildizlariga zarar yetkazmagan holda chopiq qilinadi.
Sim bag‘azlarga bog‘lash. Issiqxonalarda bodring tik bag‘azda (ipga bog‘lab) yetishtiriladi. Bu o‘simliklarning yorug‘likka bo‘lgan talabini yaxshilaydi. Ko‘chat o‘tqazilgandan 5-6 kun o‘tgach, o‘simliklar qator bo‘ylab 2-2,2 metr balandlikda gorizontal tortilgan sim bag‘azlarga iplar qatordagi o‘simliklarning joylashgan o‘rniga sirg‘alib yuruvchi tuguncha qilib bog‘lanadi. Simga bog‘langan ipning ikkinchi uchi kerakli uzunlikda o‘lchab olinib kesiladi
Sug‘orish. Bodring yetishtirishda suvning oz-oz va tez-tez berilishi o‘simlik uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Sug‘orish ertalab yoki kechki paytda amalga oshirilishi kerak.
Hosilni yig‘ishtirish. Bodring hosilini uning pishib yetilishiga qarab, salqin oylarda har 2-3 kunda, issiq oylarda har 1-2 kunda teriladi. Agar bodring pishib yetilgach, o‘z vaqtida terilmasa, uning tovarboplik sifati buziladi hamda hosil nobud bo‘ladi. Hosilni ertalab terish kerak. Chunki kunning ikkinchi yarmida terilgan hosil yaxshi saqlanmaydi, sifati buziladi. Terilgan bodringlar omborxonaga yuboriladi.
Огурцы выращивают в теплицах для обеспечения населения бахчевыми культурами круглый год. Сегодня делимся рекомендациями по выращиванию огурцов в теплице.
Подготовка почвы. Тепличный грунт заранее готовят перед посадкой рассады огурцов. Сначала его выравнивают. Участок, предназначенный для посадки, утепляют, накрыв его прозрачной полиэтиленовой пленкой с целью защиты от болезней и вредителей, а также от сорняков. При этом почва в закрытом состоянии должна простоять до 1-1,5 месяцев. Затем пленку снимают, разравнивают тепличный грунт и прокладывают трубы капельного орошения.
Посадка рассады.
Для выращивания огурцов в теплице лучше высаживать рассаду. Таким образом растение не подвергается болезням и вредителям. Кроме того, корни растения будут сильными.
В Государственный реестр сельскохозяйственных культур, рекомендованных к посеву на территории Республики Узбекистан, в 2020 году включены отечественные гибриды первого поколения, такие как “Навбахор”, “Ташдау-70”, “Элегантный”, “Самар”, для теплиц, а также зарубежные гибриды: “Роки”, “Фокус”, “Элиза”, “Султан”, “Величественный”, “Сейдра Аламир”, “Аланис”, “Адриан”, “Бархан”, Валейстар”, “Кристина”, “Мультистар”, “Мелен”, “Гвоздь”, “Мечта”, “Пассандра”, “Пиколино”, “Понтия”, “Серай”, “Суперделта”. Также рекомендуется несколько гибридов: “Jazzer“, “Harman”, “Luna”,“Tristan”.
Рассаду высаживают в борозды двумя рядами в заранее подготовленные углубления (гнезда). Гнезда сначала поливают теплой (22-25°с) водой. Саженцы высаживают в вертикальном положении, вставляя в гнезда 3/4 кубиков или горшочков. Подросшие саженцы высаживают наклонно, но стебель не зарывают вглубь. После пересадки, рассаду поливают через борозды.
Через неделю после посадки, прополку с поверхности почвы снимают, чтобы она насытилась кислородом, не повредив корни культуры.
Подвязка к шпалерам. В теплицах огурцы выращивают на прямостоячем шпалере (привязанном к шпагату). Это помогает восполнить потребность растений в свете. Через 5-6 дней после пересадки растения, их подвязывают к натянутым горизонтально проволочным жгутам на высоте 2-2,2 м вдоль каждого ряда нитками на месте расположения каждого растения в ряду. Другой конец веревки, прикрепленной к проволоке, отмеряется и обрезается до желаемой длины.
Полив. При выращивании огурцов для растения важно подавать воду понемногу, но часто. Полив следует проводить в утреннее или вечернее время.
Сбор урожая. Урожай огурцов собирают каждые 2-3 дня в прохладные месяцы и каждые 1-2 дня в теплые месяцы, в зависимости от срока их созревания. Если огурцы не собрать вовремя, когда они созреют, их товарный вид потеряется, а урожай будет непригоден к употреблению. Собирать урожай нужно утром. Потому что собранный во второй половине дня урожай плохо хранится, качества плодов ухудшаются. Собранные огурцы можно отправить на склад.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: