O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ) vakillari ishtirokida “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ikkinchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ) vakillari, AFC xalqaro konsalting kompaniyasi eksperti Carl Krug, Yevropa Ittifoqining ASK Fasility loyihasi rahbari Adrian Nil va agrar soha mutaxassislari qatnashishdi.
Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi kooperativlarini rivojlantirish, ushbu sohada rivojlangan davlatlar tajribasini chuqur o‘rganish va qonun loyihasidagi tushunmovchiliklarga aniqlik kiritish masalalari muhokama etildi.
Qonun loyihasi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi kooperativlari qanday tashkil etiladi va u fermer, klasterlar umuman qishloq xo‘jaligiga nima beradi?
Avvalo, kooperativlar erkin tashkil etiladi. Ular bitta kooperativda jam bo‘lib, yetarlicha kuchga ega bo‘lishadi va muvaffaqiyat qozonishadi. Fermerlar uchun qancha afzalliklar, imkoniyatlar ko‘p bo‘lsa, ular uchun to‘siqlar shuncha kam bo‘ladi. Shuningdek, hozirda klasterlar yuzlab fermerlar bilan alohida-alohida shartnomalar tuzishadi. Kooperativda esa, fermerlar birlashib, kooperativ tashkil etishadi va bitta shartnoma tuzishadi.
Fermerlardan tashkil topgan kooperativlar ikkinchi darajali kooperativlar yaratishi mumkin. Bu kooperativning a‘zolari fermerlar emas, balki kooperativlar, agroklasterlar yoki qayta ishlovchi korxonalar bo‘ladi. Muhimi, ular respublika miqyosidagi yirik kooperativni tashkil qilishlari mumkin. Kooperativlarga birlashgan fermerlarda vertikal piramida ko‘rinishidagi tizimni yaratish imkoni bo‘ladi. Bu tizim orqali qishloq darajasida mahsulotlar yetishtirib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuman, viloyat, respublika yoki xalqaro eksport darajasigacha mahsulot yetkazib berish mumkin bo‘ladi. Bu fermerlar uchun umuman yangi imkoniyatlar yaratadi va O‘zbekiston qishloq xo‘jalik sektorini to‘liq transformatsiya qilishga, yangi bosqichga o‘tishiga turtki bo‘ladi.
Maʼlumot o‘rnida, “Qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi 11 bob, 60 moddadan iborat bo‘liib, qaytadan ishlab, muhokamaga kiritilgandi.
Состоялась вторая встреча с участием представителей Министерства сельского хозяйства РУ и Германского общества международного сотрудничества (GIZ), посвященная обсуждению законопроекта “О сельскохозяйственном кооперативе”.
Со стороны GIZ участвовали представители организации, эксперт международной консалтинговой компании AFC Kарл Круг, руководитель проекта ASK Fasility Европейского Союза Адриан Нил и специалисты аграрной отрасли.
На встрече обсуждались вопросы развития сельскохозяйственных кооперативов, изучение опыта развитых стран в аграрной сфере, а также выявление недочетов и пути их устранения в законопроекте.
Как будут организованы сельскохозяйственные кооперативы по законопроекту и что они дадут фермерам, кластерам и сельскому хозяйству в целом?
Прежде всего, кооперативы должны организовываться добровольно. После этого они могут объединиться в общий кооператив. В этом большом кооперативе членами являются фермеры. В настоящее время кластеры также заключают индивидуальные контракты с сотнями фермеров. Однако в кооперативе фермеры объединяются и, образуя общий кооператив, заключают единый договор.
Кооперативы, состоящие из фермеров, могут создавать вторичные кооперативы. Членами такого кооператива будут не фермеры, а кооперативы, агрокластеры или перерабатывающие предприятия. Важно то, что они могут создать крупный кооператив республиканского масштаба. Кооперативы могут создавать систему в виде вертикальной пирамиды в объединенных фермерских хозяйствах. Благодаря этой системе можно производить продукцию и напрямую поставлять на областной, районный, республиканский или международный уровни экспорта. Это создаст совершенно новые возможности для фермеров и послужит толчком к полной трансформации сельскохозяйственного сектора Узбекистана.
Для справки: Проект закона “О сельскохозяйственном кооперативе”, состоящий из 11 глав, 60 статей, был проработан и внесен на обсуждение.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: