Avval xabar berganimizdek, “Bonofarm Group” kompaniyasi ijrochi direktori Attila Chani boshchiligidagi Vengriya delegatsiyasi mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turibdi.
7-fevral kuni delegatsiya aʼzolari asosiy faoliyati parranda goʻshti ishlab chiqarish va sotishdan iborat “Saxovat-broyler” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli parrandachilik fabrikasida boʻldi. 2016-yilda ochilgan ushbu fabrika 55 gektar maydonga ega.
“Bizning tovuqlarni boqadigan, ozuqalar tayyorlaydigan, mahsulotni qayta ishlaydigan sexlarimiz bor. Bu yerda yetishtirilgan tuxumlar inkubator sexida inkubatsiya qilinadi. Tuxumni ochib chiqqan jo‘jalar darhol oziqlantiriladi. Ular 37 kungacha boqiladi va so‘yilib, tasdiqlangan me’yorlar bo‘yicha go‘shtni qayta ishlashning to‘liq sikli amalga oshirilgach, qadoqlanib, sotishga tayyorlanadi”, – deydi “Saxovat-broyler” MChJ ishlab chiqarish direktori Mirolim Komilov.
Bugungi kunda parrandachilik fabrikasida 700 nafar ishchi mehnat qilmoqda. Mahsulotning 70-80 foizi ichki bozorga yetkazib berilmoqda. Afgʻoniston, Qozogʻiston va Tojikiston Respublikalariga eksport yoʻlga qoʻyildi. Kelgusida Xitoy va boshqa bir qator mamlakatlar bozorini o‘zlashtirish rejalashtirilgan.
“Tashrifimizdan asosiy maqsad parranda go‘shti ishlab chiqarish, tovuq yetishtirish texnologiyasi, chakana savdo bozori bilan yaqindan tanishishdan iborat. Biz uchun sanoatni yanada rivojlantirish, sarmoya kiritish masalalari ham muhim. Bu yerdagi bozorlar va mahsulotlar Vengriyanikiga juda o‘xshashligi bizni hayratda qoldirdi. Bu biz tashrif buyurgan ikkinchi obyekt. Biz bu yerda o‘sish uchun yaxshi imkoniyatni ko‘rmoqdamiz, ba’zi jarayonlarni takomillashtirish orqali butun ishlab chiqarish zanjirini yanada samaraliroq qilishimiz mumkin”, – deydi Bonofarm guruhi ijrochi direktori Attila Chani.
Bonofarm Group 2009-yilda tashkil etilgan. Vengriyaning dehqonchilik, chorvachilik, vinochilik, yem-xashak va goʻsht-sut mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi.
Guruh tarkibiga 5 ta qishloq xoʻjaligi va 5 ta oziq-ovqat sanoati korxonalari (shu jumladan strategik hamkorlar) kiradi. Ayni paytda Bonafarm guruhida 8 400 nafar mutaxassis mehnat qilmoqda. 2022-yilda kompaniyaning yillik daromadi 1,4 milliard yevroni tashkil qildi.
Mehmonlar poytaxtimizning diqqatga sazovor joylaridan biri – Hazrati Imom majmuasi bilan ham tanishdi.
Vengriya delegatsiyasining tashrifi davom etmoqda.
Как мы уже сообщали ранее, в нашей стране с визитом пребывает венгерская делегация во главе с Исполнительным директором группы компаний «Bonofarm Group» Аттилой Чаньи.
7 февраля члены делегации посетили птицефабрику ООО «Saxovat-broyler», основной деятельностью которой является производство и реализация мяса птицы. Она открылась в 2016 году и занимает площадь 55 га.
«У нас есть цехи, в которых выращивают кур, готовят корма, перерабатывают продукцию. Здесь же производятся яйца, их высиживают в инкубаторном цехе. После вылупления цыплята сразу получают корм. Их выращивают 37 дней, затем забивают, проводят полный цикл обработки мяса по утвержденным стандартам, а после упаковывают и готовят к реализации», – рассказал директор производства ООО «Saxovat-broyler» Миролим Комилов.
Сегодня на птицефабрике работают 700 человек. 70-80 % продукции поставляется на внутренний рынок. Налажен экспорт в Афганистан, Казахстан и Таджикистан. В планах освоить рынок Китая и ряда других стран.
«Основная цель нашего визита – познакомиться с производством мяса птицы, технологией выращивания кур, рынком розничной торговли. Для нас также важны вопросы, касающиеся дальнейшего развития отрасли и инвестиций. Мы были удивлены тем, что рынки и продукты здесь очень похожи на венгерские. Это второе предприятие, которое мы посещаем. Видим здесь хороший потенциал для роста, улучшив некоторые процессы, можно сделать всю производственную цепочку более эффективной», – говорит исполнительный директор группы компании «Bonofarm Group» Аттила Чаньи.
Компания «Bonofarm Group» была основана в 2009 году. Является одной из ведущих компаний Венгрии в области растениеводства, животноводства, виноделия, производства кормов и мясомолочных продуктов.
Группа состоит из 5 сельскохозяйственных и 5 предприятий пищевой промышленности (включая стратегических партнеров). В настоящее время «Bonofarm Group» насчитывает 8 тысяч 400 специалистов. В 2022 году годовой доход компании составил 1,4 миллиарда евро.
Гостям также показали одну из главных достопримечательностей столицы – комплекс Хазрати Имам.
Визит делегации из Венгрии продолжается.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: