O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yo‘ldashev 2023-yilning 6-7-fevral kunlari ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida delegatsiya tarkibida Vyetnamda bo‘ldi.
Tashrif doirasida Vyetnam qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Phung Duk Tien bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalaridagi hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha quyidagi kelishuvlarga erishildi:
Toshkent davlat agrar universiteti va Vyetnam milliy agrar universiteti oʻrtasida sholichilik va baliq yetishtirish yoʻnalishida kadrlar malakasini oshirish va qoʻshma ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi masalasi muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, ipakchilik bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini o‘rganish uchun vyetnamlik talabalar va olimlarni O‘zbekistonga yuborish masalasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.
O‘zbekiston delegatsiyasi ikki kunlik tashrif davomida:
Bundan tashqari, Vyetnam kompaniyalari bilan sholichilik, baliqchilik, qisqichbaqa yetishtirish, sabzavot va poliz ekinlari urug‘chiligi kabi sohalarda qo‘shma investitsiya loyihalarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan qator uchrashuvlar o‘tkazildi.
Заместитель министра сельского хозяйства Республики Узбекистан Кахрамон Юлдашев 6 и 7 февраля 2023 года посетил Вьетнам в составе делегации по налаживанию торгово-экономического и инвестиционного сотрудничества между двумя странами.
В ходе визита состоялась встреча с заместителем министра сельского хозяйства Вьетнама Пхунг Дук Тиеном, на которой обсуждался широкий круг вопросов сотрудничества двух стран в сфере сельского хозяйства и продовольствия.
По итогам встречи достигнуты следующие договоренности:
Был обсужден вопрос обмена студентами и профессорско- преподавательским составом для повышения квалификации кадров и проведения совместных научно-исследовательских работ по направлению рисоводства и рыбоводства между Ташкентским государственным аграрным университетом и Вьетнамским национальным аграрным университетом.
Также стороны договорились проработать вопрос отправки вьетнамских студентов и ученых в Узбекистан для изучения узбекского опыта в шелководстве.
В ходе двухдневного визита делегация из Узбекистана посетила:
Кроме того, проведен ряд встреч с вьетнамскими компаниями касательно перспективы запуска совместных инвестиционных проектов в области рисоводства, рыбоводства, выращивания креветок, семеноводства овощных и бахчевых культур.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: