“Ish quroling soz bo‘lsa mashaqqating oz bo‘lar” deb bekorga aytishmagan donolarimiz. Qaysi sohada faoliyat yuritishingizdan qat’iy nazar ish qurolingiz pand bersa, mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Aynan qishloq xo‘jaligida esa bu iboraning ahamiyati juda katta. Shu bois ishning ko‘zini biladigan bobo dehqon-u, mirishkor fermerlarimiz hali yerlar yetilmasdan turib, qishloq xo‘jaligi texnikalarini yangi mavsumga taxt qilib qo‘yishga odatlanishgan. Bu borada vodiyning tinib-tinchimas dehqonlari oldiga tushadigani yo‘q. Jumladan Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidagi “Rusuzbekteks” xorijiy korxonasiga qarashli klasterning Markaziy MTPda ham qishloq xo‘jaligi texnikalarini bahorgi ekish ishlariga tayyorgarlik yakunlandi. Hozirda ushbu maskanda 14 ta yuqori unumli texnikalar mavjud. Shulardan 9 tasi klasterga, 5 tasi fermer xo‘jaliklariga tegishli. Jami 147 ta kultivatsiya traktorlari mavjud bo‘lib, bular ham to‘liq taʼmirdan chiqarilib, mavsumga shay holatga keltirib qo‘yilgan.
2023-yilda klasterga qo‘shimcha yangi texnikalar olib kelindi. Ushbu texnikalarning afzalligi shundaki, ular ekish va o‘g‘itlash jarayonini bira to‘la bajarib ketaveradi.
Joriy yilda klaster xo‘jaligi yer maydonida 5 700 gektarga paxta ekish rejalashtirilgan. 232 nafar fermer xo‘jaligi bilan paxta xomashyosini yig‘ib terib olish bo‘yicha qonuniy shartnoma tuzilgan. 2023-yilda gektariga 37 sentnerdan hosil olish ko‘zda tutilmoqda.
Paxta yetishtirishda va texnikalarning soz ishlashida Markaziy MTP vakillari Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari, vazirlik huzuridagi ilmiy markazlarning xodimlari, fan nomzodlari, olimlari, agrar sohadagi oliygohlar talabalari va Turkiya, Rossiya davlatlarining agrar soha vakillari bilan hamkorlik qilishmoqda.
Videolavhamizda “Rusuzbekteks” xorijiy korxonasiga qarashli Markaziy MTPda mavsumga tayyorgarlik ishlari haqida hikoya qilinadi.
Наши предки говорили: «Если твоя техника исправно работает – у тебя будет меньше хлопот». В какой бы сфере вы ни работали, если сломается техника, это отрицательно скажется на производительности труда. Для сельского хозяйства значение фразы имеет особенное значение. Наши фермеры и дехкане подготавливают сельскохозяйственную технику к новому сезону задолго до посева сельхоз культур.
Фермеры Ферганской долины не исключение. В частности, завершена подготовка сельхозтехники в Центральном машинно-транспортном парке (МТП) кластера, принадлежащего иностранному предприятию «Rusuzbekteks» в Риштанском районе Ферганской области к весенним хлопковым работам (высадка культуры). В настоящее время на этом объекте установлено 14 высокопроизводительных станков, 9 из них принадлежат кластеру, 5 — фермерским хозяйствам. Всего имеется 147 культивационных тракторов, которые также полностью отремонтированы и готовы к сезону.
В 2023 году в кластер были введены дополнительные новые технологии. Преимущество данных технологий заключается в том, что они одновременно завершают процесс высадки хлопка и внесения удобрений.
В этом году планируется посадить хлопок на 5 700 га земель кластерного хозяйства. С 232 хозяйствами заключены договоры на заготовку хлопка-сырца. В 2023 году планируется собрать урожай – 37 центнеров с гектара.
Работники Центрального МТП сотрудничают со специалистами Минсельхоза РУ, сотрудниками научных центров при министерстве, кандидатами наук, учеными, студентами аграрных вузов и представителями аграрного сектора Турции и России по выращиванию хлопка и наладке техники.
В нашем видео рассказывается о подготовке к сезону в Центральном МТП иностранного предприятия «Rusuzbekteks».
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: