EFFECT.UZ hamda FERMER.UZ internet saytlarida Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida ko‘plab fermerlar ushbu tumanda faoliyat olib borayotgan “APK Bo‘ka” UK paxta-to‘qimachilik va “Melek don agro” g‘allachilik klasteriidan noroziligi, fermerlarning yerlari noqonuniy olib qo‘yilganligi haqidagi material e’lon qilindi.
Mazkur masala yuzasidan 2023-yilning 21-yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyat hokimligi va tuman hokimligi mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuzilib, joyga chiqqan holda fuqarolar hamda “APK Bo‘ka” UK paxta-to‘qimachilik va “Melek don agro” g‘allachilik klasterlari vakillari ishtirokida o‘rganildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi ushbu hududdagi murojaatchilarning aynan shu mazmundagi masalasi bo‘yicha bir necha bor o‘rganishlar o‘tkazib, vazirlikning 2022-yil 15-dekabrdagi 04/26-9410-sonli xati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va murojaatchilarga, shuningdek, takroriy murojaat yuzasidan vazirlikning 2023-yil 17-yanvardagi 04/26-05/163-sonli xati bilan Toshkent viloyati hokimligiga, Vazirlar Mahkamasiga va murojaat mualliflariga javob xatlari yuborgan.
Bo‘ka tumani hokimining 2020-yil 20-martdagi 310-sonli qarori bilan “APK Bo‘ka” UK klaster korxonasiga Turkiston, Parkent, Do‘stlik massivlari hududlaridagi jami 3 549,8 gektar yer maydonlari paxta-g‘allachilik yo‘nalishida 49 (qirq to‘qqiz) yilga uzoq muddatga ijara huquqi asosida ajratib berilgan.
Shuningdek, Bo‘ka tumani hokimining 2020-yil 20-martdagi 311-sonli qarori bilan “MELEK DON AGRO” klaster korxonasiga Bo‘ka va Bo‘ston massivlari hududlaridagi jami 1 477,1 gektar yer maydonlari paxta-g‘allachilik yo‘nalishida 30 (o‘ttiz) yil muddatga uzoq muddatga qo‘shimcha ijaraga ajratib berilgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalasi bo‘yicha tegishli prokuratura yoki sud organlariga murojaat qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
O‘z navbatida vazirlik qishloq xo‘jaligiga oid ma’lumotlarni tarqatishda avvalo sohaga taaluqlilik jihatidan yetarlicha faktlarga ega bo‘lishlik, tarqatilayotgan materiallarni jiddiy hamda tahliliy o‘rganishi hamda asoslangan, har ikki tomon fikrlarini tinglash mezonlariga rioya etgan holda yondoshilishini maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Ta’kidlash joizki, respublikamizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning asosiy maqsadi tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga davlat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan aralashishga yo‘l qo‘ymaslik va tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Mazkur masalalar bir qator normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solingan.
Jumladan:
Shuningdek, O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-yanvardagi PQ-23-son qaroriga asosan 2023-yil hosilidan boshlab:
har yili 1-oktyabrga qadar paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan fermer xo‘jaliklari bilan kelgusi yil hosili uchun paxta xomashyosini yetishtirish bo‘yicha fyuchers shartnomalari tuziladi. Bunda, paxta xomashyosini yetishtirish va yetkazib berish bo‘yicha fyuchers shartnomalari soliq organlarining axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining «Agroplatforma» axborot tizimiga integratsiya qilinadi.
Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Nyu-York birjasi paxta tolasining o‘rtacha oylik fyuchers kotirovkalari tahlilini o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boradi.
Bunda, paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermer xo‘jaliklari tomonidan paxta xomashyosining xarid narxi o‘zaro manfaatli kelishuv asosida shakllantiriladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: