Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Misr Arab Respublikasiga tashrifi doirasida oliy darajadagi muzokaralar yakuni boʻyicha hujjatlar imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniyat va taʼlim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan Qoʻshma bayonotni qabul qildilar.
Prezidentlar huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Ular ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari, Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Misr Investitsiyalar boʻyicha bosh boshqarmasi oʻrtasidagi, oʻsimliklar karantini va himoyasi, jamoat sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etish, investitsiyalarni jalb qilish va ikki tomonlama investitsiyaviy munosabatlarni mustahkamlash, texnik jihatdan tartibga solish, taraqqiyot masalalarida tajriba almashish kabi yoʻnalishlardagi hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.
Imzolangan hujjatlar orasida “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Misr Arab Respublikasi Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya vazirligi oʻrtasida oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida” Bitimi ham bor.
Mazkur bitimdan koʻzlangan asosiy maqsad – qishloq xoʻjaligi sohasida oʻzaro savdo hajmini oshirish, tomonlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni Xalqaro Konvensiya tamoyillari va xalqaro standartlar qoidalari asosida kelishib olish, ikki davlatning hududiga zararli organizmlarning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish orqali fitosanitariya xavfsizlikni taʼminlashdan iborat.
Bitimga koʻra:
Maʼlumot uchun: Oʻzbekistondan Misrga 18 turdagi meva-sabzavot mahsulotlari eksporti uchun fitosanitar ruxsatlar olingan.
Shu bilan birga, Misr tomoni anor boʻyicha fitosanitar xavf tahlili jarayonlari yakunlanganligi munosabati bilan ushbu mahsulotga ham fitosanitar ruxsatni berilishi kutilmoqda.
Oʻzbekiston tomoni Misr tomoni ariza bergan uzum, anor va piyoz mahsulotlari boʻyicha fitosanitar xavfi tahlili jarayonini oʻtkazmoqda.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: