Ipak yoki paxta daraxtlari haqida nimalarni bilasiz?
Bombax (Seyba) yoki baobablar oilasiga mansub daraxtlarining ba’zi turlari aynan paxta daraxti deb nomlanadi. Baobab – ancha mashhur va keng tarqalgan daraxt. Uning qarindoshi, bombaxni esa hamma ham bilavermaydi. Uning tanasi juda yo‘g‘on bo‘lib, balandligi 50-60 metrga yetadi. tanasi va yirik shoxlari katta tikanlar bilan qoplangan. Uni o‘z vatani – tropik Amerikada telegraf ustuni deb atashadi.
Seyba – qizil paxta daraxti. U chiroyli gullaydi. Gullari yirik va qizil-sarg‘ish rangda. Ma’lum muddatdan so‘ng daraxtning gullari suv o‘tkazmaydigan ipak tolani o‘z ichiga olgan kosani hosil qiladi. Shuning uchun uning inglizcha nomi Red Silk Cotton Tree. Ushbu daraxtlarning mevalaridan olingan tolalar suvni o‘zidan 30 baravar ko‘proq og‘irlikda ushlab turishga qodir.
Gullashdan so‘ng, urug‘lari va oq paxmoq paxta momig‘i bilan meva chanog‘i hosil bo‘ladi. Seyba mevalari uzunligi 15 sm gacha bo‘lgan cho‘zinchoq qattiq kapsulalardan iborat. 4-5 mm uzunlikdagi jigarrang urug‘lari esa mayda ipak tolalar bilan o‘ralgan.
Tolasi yengil, suvga botmaydigan, elastik, suvga chidamli, tez yonuvchan. Shuning uchun u yostiqlar, yumshoq mebellar, qutqaruv nimchasi, doiralar, yumshoq o‘yinchoqlar, shuningdek, ovoz va issiqlik izolyatsiyalovchi materiallarni to‘ldirish uchun ishlatiladi.
Urug‘laridan paxta yog‘i o‘rnini bosuvchi moy ham olinadi. U sovun ishlab chiqarishda yoki o‘g‘it sifatida ishlatiladi.
Hosilni yig‘ishtirib olish jarayoni qo‘lda amalga oshiriladi.
Seyba daraxtining barglari va gullarining foydali xususiyatlari kremlar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Ular biriktiruvchi va sovutuvchi, gemostatik va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega.
Что вы знаете о шелковых или хлопковых деревьях?
Так называют некоторые виды деревьев семейства бомбаксовых (Сейба), или баобабовых. Баобаб более известное и распространённое дерево. Его родственник, бомбакс, гораздо менее известен. Достигает высоты 50– 60 метров, имеет очень широкий ствол с подпорками. Ствол и крупные ветви интенсивно покрыты большими, колючими шипами. На родине, в тропической Америке, Сейбу зовут телеграфным столбом.
Сейба – красное хлопковое дерево. Цветет красивыми крупными оранжево- красными цветами.
Цветы дерева дают коробочку, в которой находится шелковистое, водонепроницаемое волокно. Отсюда его английское название хлопковое дерево Red Silk Cotton Tree. Волокно из плодов этих деревьев, способно держать на воде вес, превышающий в 30 раз собственный.
После цветения образуется плод коробочка с семенами и белой пушистой ватой – Капок. Плоды Сейбы – многочисленные продолговатые твердые коробочки длиной до 15 см. Коричневые семена длиной 4–5 мм окружены капоком – пухом из тонких шелковистых волокон.
Волокно лёгкое, плавучее, эластичное, устойчивое к воде, легко воспламеняется.
Используют для набивки подушек, мягкой мебели, спасательных жилетов, кругов, мягких игрушек, а также как звуко- и теплоизоляционный материал.
Из семян также получают жирное полувысыхающее масло, заменяющее хлопковое. Масло используют в производстве мыла или как удобрение.
Процесс сбора урожая производят ручным способом.
Полезные свойства листьев и цветов дерева Сейба используются в изготовлении кремов. Они обладают вяжущим и охлаждающим свойствами, кровоостанавливающими и противовоспалительными качествами.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: