“Reforma.uz”da “O‘z haqqini olmagan bechora xalq, oddiy xalq ikkinchi sortmi?” nomli ma’lumot berildi. Mazkur holatni Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rganib chiqdi. Xabarda Zafarobod tumanida paxta-g‘alla klasterlari tomonidan fermerlarga ish-haqqi va mineral o‘g‘itlar berilmayotganligi yuzasidan e’tiroz bildirilgan. O‘rganish natijalari yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Jizzax viloyati Zafarobod tumanida g‘allachilik yo‘nalishida Zafarobod-Zomin g‘allachilik klasteri tashkil etilgan. O‘tgan davrda ob-havo noqulayligi sababli sepish imkoniyati bo‘lmaganligi tufayli o‘g‘itni berish to‘xtatib turilgan. G‘allachilik klasteri tomonidan gektariga 200 kg mineral o‘g‘it sepish ya’ni reja asosida
2 500 tn fermerlarga ta’minlanishi ko‘zda tutilgan va Dashtaobod omborida mineral o‘g‘it saqlanmoqda. Zaxirada mineral o‘g‘it mavjud. Bugungi kunda peshma-pesh tuman fermerlariga tarqatilmoqda. 18-19 fevraldan mineral o‘g‘itlar tarqatilishi boshlangan. Shu davrgacha 870 tn tarqatildi.
Shuningdek, tumanda paxtachilikda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Jizzax kenteks MChJ klasteri tashkil etilgan.
Mazkur klasterda agrotex tadbirlari uchun fermerlarga birinchi to‘lov ish haqi Gk 1 mln so‘mdan ya’ni 9 mlrd 941 mln so‘m berish rejasi belgilab berilgan. Bugungi kunga kelib mazkur masala yuzasidan ushbu paxtachilik klasteri tomonidan Jizzax viloyati Ipoteka bankiga hujjatlar taqdim etilgan. Hozircha Respublika boshqaruv Ipoteka bankidan kredit liniyalari ochilishiga ruxsat berilmagan. Shu sababli moliyalashtirish kechikmoqda. Respublika Ipoteka bank orqali ruxsat bo‘lishi bilan birinchi to‘lov ish haqi fermerlarga ta’minlab beriladi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: