Janubiy Koreya Respublikasining Xalqaro qishloq xo‘jaligi aloqalarida ko‘ptarmoqli hamkorlik va rivojlanish markazi rahbari Uonkyu Cha hamda KOPIA Xalqaro markazi direktori доктор Oh Sung Jong boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutida bo‘ldi.
Muzokara davomida institut direktori Shuhrat Azizov va Xalqaro qishloq xo‘jaligi aloqalarida ko‘ptarmoqli hamkorlik va rivojlanish markazi rahbari Uonkyu Cha hamda KOPIA direktori доктор Oh Sung Jong respublikamizda chorvachilik ozuqa bazasini rivojlantirishda smart texnologiyalardan foydalangan holda sifatli go‘sht mahsulotlarini yetishtirish texnologiyasi – “Smart farm”ni ishlab chiqish bo‘yicha loyihani muhokama qilib, uni hamkorlikda amalga oshirishga kelishib olishdi.
Muloqotda Toshkent viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi, Yangiyo‘l tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari hamda Chorvachilik va parrandachilik va Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari ishtirok etishdi.
Muloqotdan so‘ng mehmonlar institut qoshida tashkil etilgan muzey va tajriba xo‘jaligi dala maydonlari, chorvachilik fermasi bilan tanishdilar.
Maʼlumot uchun: Zamonaviy “Smart farm” muassasasida qoramollarning nasldorligini oshirish, texnologik jarayonlarni raqamlashtirish, avtomatlashtirilgan chorvachilik xo‘jaliklarida «Smart animal farm» raqamli dasturida ishlovchi texnik xodimlarni tayyorlash bo‘yicha o‘qitish tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Toshkent davlat agrar universitetida talabalar uchun Koreyaning Dankuk qishloq xo‘jaligida xalqaro hamkorlik instituti professori, doctor Li Dong Ji, ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Professor «Meva-sabzavotchilikda ilg‘or texnologiyalar o‘quv markazini tashkil etish» loyihasi menejeri hisoblanadi. «Meva va sabzavot ishlab chiqarish sohasida ilg‘or texnologiyalar o‘quv markazini yaratish» loyihasi Koreya qishloq jamoalari korporatsiyasi (KRC) va Koreya qishloq xo‘jaligi xalqaro hamkorlik instituti (DICA) tomonidan amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida quyidagilarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: