Uzoq muddatli istiqbolni aniqlash strategik boshqaruvning asosiy qismi hisoblanadi. Strategik boshqaruvni muvofiqlashtirish aniq bir vaqt davomida kelajakda qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun hozirda nima qilish kerakligini aniqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi doirasida sohada amalga oshirilayotgan loyihalarni samarali boshqarish va muvofiqlashtirish mexanizmlarini joriy etish maqsadida “Loyiha boshqaruv ofisi” tashkil etilgan edi. Vazirlikning Strategik boshqaruvni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilish aynan mazkur ofis tomonidan amaliyotga joriy etilgan loyihalar va ularning natijasiga qaratildi.
Tadbirda O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, uning o‘rinbosarlari, ushbu yo’nalishga mas’ul rahbarlar hamda ASK Facility – Yevropa Ittifoqining texnik ko‘mak dasturi rahbari Adrian Neal va dastur ichki audit eksperti ishtirok etdilar.
Yevropa Ittifoqining texnik ko‘mak dasturining asosiy vazifasi 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda O‘zbekiston hukumatiga texnik ko‘mak ko‘rsatishdan iborat. Mazkur strategiyadagi 9 ta ustuvor yo‘nalish vazifalari ijrosida xalqaro maqbul tajribalar qo‘llaniladi, eʼtibordan chetda qolayotgan masalalarni kun tartibiga qayta qo‘yishga ahamiyat qaratadi.
Tadbirda Qishloq xo‘jaligi strategiyasini 2020-2030-yillarda amalga oshirishni taʼminlash boshqarmasi tomonidan loyihalar boshqaruvini tashkil etish holati haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Shuningdek tadbirda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirishning ahamiyati, bu borada shu kungacha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ham so‘z yuritildi.
“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DM maslahatchisi Mahmud Qodiriy hamda xorijlik mutaxassislar Sergey Miroshnichenko va Ekaterina Danilchenko tomonidan ushbu loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi:
Tadbirda quyidagi yo‘nalishlarda ham loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi:
Yig‘ilish so‘ngida istiqbolli loyihalalarni boshlash, zarur hollarda unga o‘zgartirishlar kiritish va yakunlash yuzasidan harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.
Определение долгосрочной перспективы является ключевой частью стратегического управления. Координация стратегического управления в течение определенного периода времени выявляет, что именно организация должна делать в настоящее время для достижения поставленных целей.
В рамках стратегии развития сельского хозяйства страны в Министерстве сельского хозяйства Узбекистана был создан «Офис управления проектами» с целью внедрения механизмов эффективного управления и координации проектов, реализуемых в отрасли. Совещание, проведенное координационным комитетом по стратегическому управлению министерства, было посвящено проектам, реализуемым данным офисом и их результатам.
Совещание открыл министр сельского хозяйства Узбекистана Азиз Воитов. Участниками были заместители министра и руководители, ответственные за направление, а также руководитель программы технической поддержки Европейского союза ASK Facility Адриан Нил и эксперты программы внутреннего аудита. Основной задачей программы технической поддержки Европейского союза является оказание технической поддержки правительству Узбекистана в реализации Стратегии развития сельского хозяйства на 2020-2030 годы. При выполнении задач по 9-ти приоритетным направлениям Стратегии будет применяться международный опыт, а также будут расставлены акценты на повторном включении упущенных из виду вопросов.
На мероприятии была представлена подробная информация о состоянии организации управления проектами по обеспечению реализации сельскохозяйственной стратегии на 2020-2030 годы.
На мероприятии также говорилось о важности оцифровки сельского хозяйства, о проделанной в этом направлении работе до сегодняшнего дня. Презентацию этих проектов представил Махмуд Кадыри, советник ГУ «Центр цифровизации агропромышленности» и зарубежные специалисты Сергей Мирошниченко и Екатерина Данильченко, которые рассказали об:
После этого состоялась презентация проектов по следующим направлениям:
По итогам совещания была достигнута договоренность о запуске перспективных проектов, внесении в них изменений, а также осуществлении действий по их завершению.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: