Bozor, savdo-rastalari agrar soha va xalq o‘rtasidagi ko‘prik, aholiga xizmat qilish shaxobchasidir. Dalada fermer xo‘jaliklari ishchilari va mirishkor dehqonlarning mehnati evaziga yetishtirilgan mahsulot toki xaridor qo‘liga yetib borguncha ko‘pgina jarayonlardan o‘tadi. Bu esa tabiiyki, uning narx-navosiga o‘z taʼsirini ko‘rsatadi. Xaridor esa doimo arzon, sifatli va xavfsiz oziq-ovqat sotib olishni istaydi. Toshkent davlat agrar universitetida bo‘lib o‘tgan “Aholini arzon va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (piyoz, sabzi, kartoshka va hok.) bilan taʼminlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining keskin ko‘tarilishi sabablarini muhokama qilish”ga bag‘ishlangan keng qamrovli yig‘ilishda bu borada shu kungacha qilingan ishlar va kelgusida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar, uni yetkazib beruvchilar hamda iste’molchilar uchun birdek manfaatli bo‘lgan yo‘llarini ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tadbirda Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi Bahodir Tojiyev va kotibiyat vakillari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi vazir o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari, Toshkent Davlat Agrar Universiteti professor o‘qituvchilari, magistr talabalari, institut rahbarlari hamda videokonferensaloqa orqali soha mutasaddilari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda mutaxassislar va ishtirokchilar tomonidan oziq-ovqat xavfsizligi, narx-navoning arzonlashuvi, aholini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida yerlarning sho‘rlanishi, cho‘llanishga qarshi kurashish, ekologik toza va resurstejamkor innovatsion agrobiotexnologiyalarni yaratish va ulardan samarali foydalanish, suv yetishmasligining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati yuzasidan o‘rganish natijalari va amalga oshirilgan ishlar ham muhokama etildi.
— Hududlarimizda bo‘lib, tadbirkorlarning sovutkichli omborxonalarida saqlanayotgan mahsulotlarini ko‘zdan kechirganimizda ularning juda sifatli hamda sotuvi bozorlardagi narxdan ancha arzonligining guvohi bo‘ldik. Ammo ushbu mahsulotlar bozorga kirganida sababsiz ravishda narx-navosi oshib ketmoqda. Shuningdek, bozorlardagi arzonlashtirilgan yarmarkalarga ham viloyatlardan keltirilgan mahsulotlar garchi arzon bo‘lsa-da, talab ham shunga yarasha kamroq bo‘layotganiga amin bo‘ldik. Dehqon, bozordagi sotuvchi va xaridorning umumiy manfaatlariga birdek maʼqul bo‘ladigan yechimni topish bugungi tadbirimizning asosiy maqsadi hisoblandi. Bu yechimlarni esa mutaxassislar, olimlar bilan hamfikrlikda muhokama qilib, huquqiy hujjatga aylantirish ko‘zda tutilgan, — dedi Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi Bahodir Tojiyev.
Yig‘ilishda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi direktori o‘rinbosari Norqul Xushmatov, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Rustam Nizomov, Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqot instituti direktori Shuhrat Bobomurodov hamda agrar soha mutaxassislarining maʼruzalari va ushbu muammoni yechishga doir tavsiyalari ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminovning taʼkidlashicha:
“Oziq-ovqat xavfsizligi masalasi juda ko‘p omillarga bog‘liq. Aholi sonining oshishi, suv, yerga bo‘lgan ehtiyojning ortishi va iqlim sharoitini o‘zgarishi shular jumlasidan. Bu esa bevosita oziq-ovqat xavfsizligiga va narx-navosiga taʼsir qiladi. Prezidentimiz tashabbusi bilan aholiga 100 ming gektardan oshiq yerni bo‘lib berish masalasi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu imkoniyat oziq-ovqat xavfsizligiga juda katta taʼsir qiladi. Bunda birinchidan ish o‘rinlari yaratiladi, yaʼni dehqon xo‘jaliklari tashkil etilib, 430 mingdan oshiq aholi bandligi taʼminlanadi. Shuningdek, bu yerlarda meva-sabzavotchilik mahsulotlari yetishtiriladi va aholi ehtiyoji qondiriladi. O‘z-o‘zidan bu mamlakatimizda kooperatsiya tizimini shakllanishiga olib keladi”.
Qizg‘in muhokamalarga boy tarzda o‘tgan yig‘ilishda bildirilgan fikrlar, foydali tavsiyalar kelgusida ushbu mavzudagi Qonun loyihalarida o‘z aksini topishi, shubhasiz.
Рынки и ярмарки – это мост между аграрным сектором и народом, отрасль обслуживания населения. Продукт, выращенный в поле трудом сельскохозяйственных рабочих и фермеров, проходит множество процессов, пока не попадет в руки покупателя. Это, естественно, сказывается на его цене. А покупатель всегда хочет купить дешевые, качественные и безопасные продукты питания.
Состоялось комплексное совещание на тему: «Эффективность принимаемых мер по обеспечению населения дешевой и качественной сельскохозяйственной продукцией (луком, морковью, картофелем и др.) и резким ростом цен на сельскохозяйственную продукцию».
На совещании обсудили причины роста цен, обсудили проделанную работу и вопросы разработки путей в будущем, одинаково выгодных для производителей сельскохозяйственной продукции, ее поставщиков и потребителей.
В мероприятии приняли участие Председатель Комитета по аграрному и водному хозяйству Сената Олий Мажлиса Бахадыр Таджиев, представители секретариата, заместители министра сельского хозяйства, заведующие кафедрами, профессора и преподаватели Ташкентского государственного аграрного университета, магистранты, руководители институтов и руководители отрасли. Совещание прошло в смешанном режиме, некоторые участники присутствовали по видеосвязи.
На встрече говорили о продовольственной безопасности, снижении цен, засолении земель, обеспечении населения сельскохозяйственной продукцией, борьбе с опустыниванием, создании экологически чистых и ресурсосберегающих инновационных агробиотехнологий и их эффективном использовании, воде. Также обсудили состояние проведенной работы по предотвращению дефицита продуктов.
— Когда мы были в наших регионах видели продукты, хранящиеся на холодильных складах предпринимателей, убедились, что они качественные и продаются намного дешевле рыночных цен. Но когда эти продукты выходят на рынок, цена растет без причины. Это же касается и продукции, которая привозится из регионов на уцененные ярмарки. Эта продукция менее качественная, чем отечественная, и спрос на нее соответствующий. Главной целью сегодняшнего мероприятия было найти решение, которое в равной степени отвечало бы общим интересам фермеров, рыночных продавцов и покупателей. Решение планируется обсудить с экспертами и учеными и превратить в юридический документ, – сказал председатель Комитета по аграрному и водному хозяйству Сената Олий Мажлиса Бахадыр Таджиев.
В совещании заместитель министра сельского хозяйства Умид Мамадаминов, заместитель директора Национального центра знаний и инноваций в сельском хозяйстве Норкул Хушматов, директор НИИ овощеводства, бахчевых культур и картофеля Рустам Низомов, директор НИИ почвоведения и агрохимия Шухрат Бобомуродов, специалисты в аграрной сфере дали рекомендации по решению данной проблемы.
Так, заместитель министра сельского хозяйства Умид Мамадаминов сказал:
«Вопрос продовольственной безопасности зависит от многих факторов. Среди них увеличение численности населения, увеличение потребности в воде и земле, изменение климатических условий. Это напрямую влияет на продовольственную безопасность и цены. По инициативе Президента запущен вопрос о раздаче более 100000 га земли населению. Это окажет большое влияние на продовольственную безопасность. Будут созданы рабочие места, то есть фермерские хозяйства, и будет трудоустроено более 430 000 человек. Будет обеспечена занятость населения. Также на этих территориях будет выращиваться плодоовощная продукция и удовлетворяться потребности населения, что приведет к формированию кооперативной системы в нашей стране».
Мнения и полезные рекомендации, высказанные на встрече, в дальнейшем будут отражены в проектах Законов по данной теме.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: