Bahor uyg‘onish va yasharish fasli. Tirik jon borki, ushbu faslda qaytadan jonlangandek, hayotining yangi sahifasini ochishga intiladi. Mart oyida bajariladigan daraxtlarga shakl berish ishlari ham mana shunday uyg‘onish faslining o‘ziga xos agrotexnik tadbirlaridan hisoblanadi.
Olma, nok, behi, daraxtlariga “siyrak-yarusli” usulda shaftoli daraxtiga esa, “kosasimon” usulda shakl berish ishlari bajariladi.
Daraxtlarga shakl berishning ham o‘z muddatlari mavjud. Urug‘li daraxtlarga kuz va bahor faslida shakl berish ishlari olib boriladi. Bunda albatta, havo haroratiga eʼtibor qaratish kerak. Fevral oyining oxiri-martning boshlarida, daraxtlar uyg‘onmasidan avval ularga shakl berish eng maqbul muddat hisoblanadi. Shakl berish uchun qulay bo‘lgan havo harorati +5 darajadan yuqori bo‘lishi kerak.
Olmani “Fudzi” naviga shakl berish ishlari haqida to‘xtalib o‘tamiz. Bunda shakl berishni daraxtning pastki qismidan boshlash mumkin. Eng avval, onalik shoxidan chiqqan, daraxtning ichkariga tomon o‘sgan novdalarini kesiladi. Chunki ushbu novdalar daraxtning ichki qismida havo aylanishini kamaytiradi. Bunday holatda o‘simlikda turli zamburug‘li kasalliklar rivojlanishi mumkin. Aynan ichki shoxlarni kesish orqali buning oldini olish mumkin bo‘ladi. Agar hosilli shohlar ichkariga o‘sgan bo‘lsa, uni ham boshqa shoxlarga xalaqit bermasligi va sifatsiz meva yetilmasligi uchun kesish mumkin bo‘ladi.
Birinchi tartibdagi ona shoxlarini kesib shakllantirish bilan bir vaqtda ikkinchi va uchinchi tartibdagi shoxlar ham shakllantiriladi. Ikkinchi tartibdagi birinchi shox birinchi tartibli shoxda yaratilib, uning asosidan 30-40 sm uzoqlikda bo‘lishi kerak, ikkinchi shox birinchisidan 25-30 sm oralatib shakllantiriladi. Uchinchi tartib shoxlari ham shu tariqa shakllantiriladi. Ikkinchi va uchinchi tartibning skelet shoxlari yon tomondan o‘sgan bo‘lishi kerak. Pastki onalik shoxlarda ikkinchi tartibning ikki-uch, qolganlarida bir-ikki novda qoldiriladi. Ikkinchi tartib shoxlarida uchinchi tartibning bir-ikki novdasi qoldiriladi. Kuchli o‘sgan yon shoxlarni kesib, yarim skelet shoxlarga aylantiriladi. Skelet va yarim skelet shoxlar o‘rtasida o‘sgan yon kurtaklari hosil shoxlariga aylantiriladi.
Shox-shabbaga shakl berishda yetakchi shoh bilan shoh-shabba o‘rtasidagi bog‘liqlikni saqlab qolishga ahamiyat berish zarur, yaʼni markaziy shox doimo birinchi tartibdagi shoxchalardan 20-25 sm uzunroq bo‘lishi, birinchi tartibdagi shoxchalar ham o‘z navbatida ikkinchi tartibdagilardan shunchaga uzunroq bo‘lishi kerak. Asosiy shox yonida o‘suvchi raqib shoxlar kesib tashlanadi. Agar raqib shox asosiy shohdan kuchliroq va yaxshiroq o‘sgan bo‘lsa, raqib shox qoldirilib, asosiy shox kesib tashlanadi.
Shox-shabbaning asosiy shoxlariga shakl berilgandan so‘ng markaziy yetakchi tana 45° burchak ostida yakka o‘sgan yon shox balandligida kesiladi. Natijada daraxtning bo‘yi pastlashadi va shox-shabba ichki qismining yaxshiroq yoritilishi uchun sharoit yaratiladi.
Meva daraxtlari shox-shabbasini dastlabki besh-yetti yil davomida shakllantirish lozim. Ularni daraxtlarning tur va nav hususiyatlarini inobatga olgan holda butash kerak.
Shakl berish jarayonida muhim jihatlardan biri daraxtning shikastlangan va egilgan novdalarini olib tashlash kerak. Chunki bog‘larga texnik ishlov berilganda ushbu novdalar texnikaga xalaqit berishi mumkin.
Bog‘larga shakl berishda (asosan bog‘ qaychi va arra bilan ishlov berilganda) har bir novdaning kesilgan yuzasi 3 sm dan yuqori bo‘lsa, bu yerga bog‘ malhami eritmasini surtish lozim. Bog‘ malhami bo‘lmaganda o‘rniga yog‘li bo‘yoq surtish ham mumkin. Kesish jarayonida daraxtning tanasidagi teri qatlamiga shikast yetkazmaslikka harakat qilish kerak.
Avvalroq, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetida “Olma daraxtlarining hosildorligini oshirish va meva sifatini yaxshilash usullari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tganligi to‘g‘risida xabar bergandik.
Весна – время пробуждения и омоложения. Обрезка и формирование кроны деревьев, выполняемые в марте – одно из важнейших агротехнических мероприятий весеннего сезона.
Яблоневым, грушевым, айвовым деревьям придают разреженно-ярусную форму, а персиковым — чашеобразную.
Для придания деревьям формы тоже есть свои сроки. Работы по формированию семенных деревьев проводят осенью и весной. При этом обязательно нужно ориентироваться на температуру воздуха. Оптимальным считается период до пробуждения деревьев — конец февраля–начало марта. Наиболее благоприятная температура воздуха для придания формы — выше +5 градусов.
Приведем в пример формирование яблоневого дерева сорта «Фуджи». Обрезку следует начинать с нижней части дерева. Сначала срезают ветви, идущие от материнской лозы, потому что они уменьшают циркуляцию воздуха внутри дерева. В таком случае у растения могут развиться различные грибковые заболевания. Этого можно избежать, обрезав именно внутренние ветви.
Одновременно с обрезкой и формированием материнских ветвей первого порядка формируются ветви второго и третьего порядков. Первую ветку второго порядка следует формировать на ветке первого порядка на расстоянии 30-40 см от ее основания, вторую ветку – на расстоянии 25-30 см от первой. Таким же образом формируются ветви третьего порядка. Скелетные ветви второго и третьего порядков должны расти сбоку. На нижних материнских ветвях оставляют две-три ветви второго порядка, на остальных –одну-две. На ветвях второго порядка оставляют одну-две ветви третьего порядка. Сильно разросшиеся боковые ветки обрезают и превращают в полускелетные ветки. Боковые побеги, растущие между скелетными и полускелетными ветвями, превращаются в плодовые ветки.
При формировании ветвей важно соблюдать соотношение: центральная ветвь должна быть на 20-25 см длиннее ветвей первого порядка, ветви первого порядка, в свою очередь, должны быть на столько же длиннее ветвей второго порядка. Конкурирующие ветки, растущие рядом с основной ветвью, обрезаются. Если же конкурирующая ветка стала сильнее основной, то последнюю обрезают.
Крону плодовых деревьев необходимо формировать в течение первых пяти-семи лет. Ее нужно обрезать с учетом видовых и сортовых особенностей деревьев.
Одним из важнейших моментов в процессе придания формы является удаление поврежденных и искривленных ветвей дерева. Они могут мешать технике при обработке сада.
При формировании садовых насаждений (в основном при работе с садовыми ножницами и пилой), если поверхность среза каждой ветки превышает 3 см, необходимо нанести садовый вар (лечебный раствор). Важно также в процессе обрезки не повредить кору дерева.
Напомним, ранее мы сообщали о том, что в Международном сельскохозяйственном университете прошел семинар на тему «Методы повышения урожайности яблонь и улучшения качества плодов».
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: