Eltuz portali telegram kanalida berilgan xabarni Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rganib chiqdi. Vazirlik quyidagilarni ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021yil 24-dekabrdagi «Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan Toshkent davlat agrar universitetiga talabalarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish vakolati berilgan. Joriy yilda Toshkent davlat agrar universiteti Sirtqi (masofaviy) ta’lim fakultetining 2- va 3-kurs talabalarining 2022-2023 o‘quv yili 2-semestri nazariy ta’lim va yakuniy nazorat ishlari fevral-mart oylariga rejalashtirilgan. TDAUda talabalarga 2022-2023 o‘quv yili 2-semestri uchun belgilangan to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan.
Shuni ma’lum qilamizki, talabalar kursdan-kursga o‘tishlari uchun o‘quv yili bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar to‘liq yakunlangan bo‘lishi hamda shartnoma shartlarini to‘liq bajargan bo‘lishlari lozim. Biroq, hozirgi kunda belgilangan shartnoma pullarini to‘lamagan bir necha nafar talabalar mavjud. Shu sababli, universitet rahbariyatining tavsiyasiga asosan talabalardan shartnoma shartlarini o‘z vaqtida bajarilishi haqida tushuntirish xatlari olinib, talabalarga yakuniy nazorat ishlariga qatnashishiga ruxsat berilmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: