Shu kunlarda Mo‘g‘ulistondan tashrif buyurgan delegatsiya O‘zbekistondagi turli soha vakillari bilan ko‘pqirrali hamkorlik qilish bo‘yicha faol muzokaralar olib bormoqda. Mamlakatimizda Mo‘g‘uliston elchixonasini ochish rejalashtirilgan. Tashrif davomida Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batsetseg boshchiligidagi mo‘g‘ul delegatsiyasi bugun O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov bilan uchrashdi. Tomonlar ikki mamlakatning qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorligi masalalarini muhokama qildilar. Mo‘g‘uliston mamlakatimizni Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy va savdo yo‘nalishlaridagi ishtirokini kengaytirish uchun muhim mamlakat deb biladi. Ta‘kidlash joizki, 2022-yilda Mo‘g‘uliston bilan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining aylanmasi 5,5 million dollarni tashkil etdi. Мuzokaralarda tomonlar agrar sohada hamkorlikni kengaytirishga va munosabatlarni mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Shunday qilib, tomonlar go‘sht, go‘sht mahsulotlari va terini eksport qilishni yo‘lga qo‘yishga, shuningdek, intensiv bog‘lar va issiqxonalarni rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashishni kuchaytirishga qaror qilishdi. Shuningdek, tomonlar 2023-yilning birinchi yarmida Toshkentda O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston hukumatlararo komissiyasining 1-majlisini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.
Batmunx Batsetseg, Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vaziri:
— O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonning diplomatik aloqalari yo‘lga qo‘yilganiga o‘n yildan oshdi va bu muddat davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik salohiyatini kuchaytirishga arziydi, deb hisoblaymiz. Mo‘g‘ulistonning siyosiy pozitsiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, ayniqsa, O‘zbekiston bilan pragmatik munosabatlarni o‘rnatishdan iborat. Mamlakatlarimiz jahon dengiziga chiqish imkoniga ega emas, mo‘g‘ul tomoni O‘zbekistonning geografik joylashuvidan tranzit markazi sifatida manfaatdor. Biz mamlakatingizga go‘sht mahsulotlari, charm buyumlar va boshqa mahsulotlarni eksport qilishga e‘tibor qaratamiz. Shuningdek, o‘tgan yildan boshlab biz mahsulotlarni qayta ishlash va saqlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan “karantin zonalari”ni ishga tushirdik. Biz O‘zbekiston bilan oziq-ovqat xavfsizligi masalalari bo‘yicha ham hamkorlik qilmoqchimiz. O‘zbekistonning Mo‘g‘uliston bilan munosabatlari ijobiy yo‘lga qo‘yilmoqda.
Ma‘lumki, Mo‘g‘ulistonning Toshkentdagi elchixonasini ochish bo‘yicha allaqachon kelishuvlar mavjud. Umid qilamizki, yaqin orada mamlakatlarimiz o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovi masalalari ham hal qilinadi, bu, albatta, turizmni rivojlantirishga, shuningdek, savdo-iqtisodiy munosabatlarimizni yo‘lga qo‘yishga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Mo‘g‘uliston bilan amaliy o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etmoqda.
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov:
– Fan va texnologiyada bir-birini to‘ldiruvchi tarmoqlarni aniqlashimiz kerak, deb o‘ylayman. Masalan, o‘zbek tomoni intensiv bog‘lar va issiqxonalar yaratish bo‘yicha tajriba almashishga tayyor, shuningdek, Mo‘g‘ulistonning chorvachilik va veterinariya sohasidagi tajribasini o‘rganishdan manfaatdor. Shuningdek, biz mamlakatimizga “halol” yorlig‘i bilan go‘sht mahsulotlarini import qilishni afzal ko‘ramiz. Mo‘g‘uliston O‘zbekistondagi meva-sabzavot mahsulotlariga barqaror talabgor. Bundan tashqari, o‘zbek tomoni yong‘oq, qandolat mahsulotlari, shokolad, pechene, sharob va tamaki yetkazib berishga tayyor. Biz o‘zaro mahsulot etkazib berishga qiziqqan korxonalar ro‘yxatini tuzishimiz, shuningdek, ular o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatishimiz kerak deb hisoblaymiz. Turizm sohasidagi istiqbollarni e‘tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. O‘zbekistonda Mo‘g‘uliston imijini yaratish uchun bizdan ikki mamlakatning turizm sohasiga oid tadbirlarni tashkil qilish talab qilinadi.
Shuningdek, vazir Aziz Voitov joriy yilning 16-18-mart kunlari O‘zbekistondan Ishchi guruh Mo‘g‘ulistonga yuborilishini, uning tarkibida tadbirkorlar ham bo‘lishini ma‘lum qildi. Ular Mo‘g‘uliston ishlab chiqaruvchilari bilan mahsulot yetkazib berish va hamkorlik masalalari bo‘yicha ish olib borishlari, shuningdek, chorvachilik sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishlari mumkin. Tashrif davomida delegatsiya Mo‘g‘ulistonda chorva mollarini birgalikda ko‘paytirish, keyinchalik go‘sht mahsulotlarini kombinatlarda qayta ishlash uchun O‘zbekistonga eksport qilish imkoniyatlarini baholay oladi.
Tilyeukhan Aubakir, Mo‘g‘ulistonning Buyuk Davlat Xurali deputati:
— Bugun biz mamlakatingizga go‘sht, go‘sht mahsulotlari va terini eksport qilish masalalarini muhokama qildik. Mo‘g‘ulistonda boshqa davlatlarga 20 million tonnagacha go‘sht eksport qilish uchun imkoniyat mavjud. O‘zbekistonda esa, go‘sht va go‘sht mahsulotlariga talab katta ekanligi ma’lum. Shuni ta’kidlash kerakki, Mo‘g‘ulistonda tayyorlanayotgan go‘shtlar “halol” sertifikatiga ega va sizning davlatingizning talabi ham shu. Mamlakatingiz agrar sohada katta eksport salohiyatiga ega ekanligiga ishonaman. Biz mamlakatlarimiz o‘rtasida eksport va import bo‘yicha iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga tayyormiz.
Uchrashuv yakunida tomonlar esdalik sovg‘alarini almashdilar, shuningdek, agrosanoat majmui tarmog‘ida barcha yo‘nalishlarda samarali ishlar olib borilishi kerakligi to‘g‘risida kelishib oldilar. Bu esa, joriy yilning iyun oyida Hindistonda bo‘lib o‘tadigan ShHT navbatdagi sammitida davlat rahbarlarining bo‘lajak uchrashuvi uchun yaxshi asos bo‘ladi.
Делегация из Монголии в эти дни ведет активные переговоры по сотрудничеству с представителями Узбекистана. В нашей стране планируется открыть посольство Монголии. В рамках визита монгольская делегация во главе с министром иностранных дел Монголии Батмунх Батцэцэг встретилась сегодня с министром сельского хозяйства Узбекистана Азизом Воитовым. Стороны обсудили вопросы сотрудничества в сфере сельского хозяйства двух стран.
Монголия рассматривает Узбекистан как важную страну для расширения экономического и торгового присутствия в регионе Центральной Азии. Стоит отметить, что за 2022 год товарооборот сельскохозяйственной и продовольственной продукции с Монголией составил $5,5 млн. На переговорах стороны выразили готовность сотрудничать и укреплять взаимоотношения в сфере сельского хозяйства. Так, решили налаживать экспорт мяса, мясной продукции и кожи, а также укреплять обмен опытом по вопросам развития интенсивных садов и теплиц. Также стороны достигли договоренности о проведении 1-го заседания Узбекско-Монгольской межправительственной комиссии в первой половине 2023 года в Ташкенте.
Батмунх Батцэцэг, министр иностранных дел Монголии:
— Дипломатическим отношениям Узбекистана и Монголии уже более десяти лет, и мы считаем, что потенциал сотрудничества между нашими государствами стоит усиливать. Политическая позиция Монголии состоит в выстраивании прагматичных отношений со странами Центральной Азии, в особенности с Узбекистаном. Наши страны не имеют выхода к мировому океану, монгольская сторона заинтересована в географическом положении Узбекистана в качестве транзитного хаба. С нашей стороны, мы предлагаем обратить внимание на мясную продукцию, изделия из кожи и их экспорт в Узбекистан. Также с прошлого года у нас начали действовать карантинные зоны, где созданы необходимые условия для обработки и хранения продукции. Нам хотелось бы взаимодействовать с Узбекистаном и по вопросам продовольственной безопасности. Налаживание отношений Узбекистана с Монголией идет в положительном ключе.
Как вы знаете, уже есть договоренности по открытию посольства Монголии в Ташкенте. Надеемся, что в скором времени будут решены и вопросы прямых авиасообщений между нашими странами, что, конечно, благотворно скажется и на развитии туризма, а также на налаживании наших торгово-экономических отношений.
Узбекистан также придает особое значение укреплению и наращиванию практического взаимовыгодного сотрудничества с Монголией. В своей речи министр сельского хозяйства Узбекистана Азиз Воитов отметил:
— Считаю, что нам необходимо определить взаимодополняющие секторы в науке и технологиях. К примеру, узбекская сторона готова поделиться опытом по созданию интенсивных садов и теплиц, а также заинтересована в опыте Монголии по животноводству и ветеринарии. Также мы отдаем предпочтение импорту мясной продукции с маркировкой «халяль». У Монголии есть стабильный спрос на плодовоовощную продукцию из Узбекистана. Кроме того, узбекская сторона готова поставлять орехи, кондитерские изделия, алкогольную и табачную продукцию. Считаем, что нам стоит составить и перечень предприятий, заинтересованных во взаимных поставках, а также наладить прямые контакты между ними. Нельзя обойти вниманием и открывающиеся перспективы в туристической отрасли. Создание имиджа Монголии в Узбекистане требует от нас организации мероприятий для туристического сектора обеих стран.
Также Азиз Воитов сообщил, что 16-18 марта этого года в Монголию будет направлена рабочая группа от Узбекистана, в составе которой будут и предприниматели. Они на месте смогут проработать вопросы поставок и сотрудничества с производителями Монголии, а также рассмотреть возможности по реализации совместных проектов в сфере животноводства. В ходе визита делегация сможет оценить потенциал совместного разведения скота в Монголии с последующим экспортом в Узбекистан для переработки на мясокомбинатах.
Тилеуханы Аубакир, депутат Великой государственной Хурали Монголии:
– Сегодня мы обсуждали вопросы экспорта мяса, мясных продуктов и кожи. В Монголии есть хорошие возможности для экспорта – до 20 млн тонн мяса, а в Узбекистане есть большой спрос на мясо и мясные продукты. Стоит отметить, что в Монголии есть возможность производить халяльное мясо. Считаю, что у вашей страны есть большой потенциал экспорта в аграрном секторе. Мы готовы развивать экономические отношения в плане экспорта и импорта между нашими странами.
В заключение встречи стороны обменялись памятными сувенирами, а также пришли к соглашению, что в секторе АПК предстоит провести плодотворную работу по всем направлениям, что станет хорошей базой для предстоящей встречи глав государств на очередном саммите ШОС, который состоится уже в июне этого года в Индии.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: