O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir Aziz Voitov Fransiyaning “Interco Nouvelle Aquitaine” xalqaro hamkorlik agentligi direktori Kristina Pekasteyn hamda bosh mutaxassisi Gilermo Martins bilan uchrashuvida ularni vazirlik huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, ilmiy tadqiqot institutlari va AKIS-agroxizmatlar markazlari faoliyatlari bilan tanishishga taklif etgan edi.
Delegatsiya a’zolari dastlab, Toshkent davlat agrar universiteti va Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetlari faoliyati va ularda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.
Mehmonlarning navbatdagi tashrif manzili “Denova – Agro” invitro laboratoriyasi bo‘ldi. Bu yerda ular pavlovniya, uzum, kartoshka, gilos va malinani invitro usulida yetishtirish jarayonlari tanishtirildi. Laboratoriyada yetishtirilayotgan mashhur vinobop uzum ko‘chatlari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markaziga tashrif buyurishdi. Markaz direktori Alisher To‘rayev bilan bo‘lgan uchrashuvda tizim faoliyati, uning tarkibidagi ilmiy-tadqiqot institutlar va agroxizmatlar markazlari haqida tanishtirildi. Shuningdek, ayni sohada O‘zbekiston-Fransiya hamkorligini yo‘lga qo‘yish, seminar va ko‘rgazmalar o‘tkazish, xodimlar, ilmiy-tadqiqotchilar malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Fransiyalik mehmonlar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining imkoniyatlari bilan tanishishda davom etishar ekan, Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Uzumfermer.uz” uzumchlik xo‘jaligida ham bo‘lishdi. 21 gektar maydonda tashkil etilgan fermer xo‘jaligining 15 gektar maydoni uzumzorlardan iborat.
Bu yerda uzumning 100 dan ortiq navlari yetishtiriladi. Fermer xo‘jaligining “O‘z sharob” kolleksiyasida 20 dan ortiq uzum navlari, uzum yetishtirishning dunyoga mashhur 8 usuli, 100 tonnalik sharobxona, 10 xonali mehmonxona va baliq ovi havzasi mavjud. Ushbu fermer xo‘jaligi hamyurtlarimiz hamda yurtimiz mehmonlariga agroturizm imkoniyatlarini to‘liq ko‘rsatib bera oladi.
Shundan so‘ng mehmonlar Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi uzumchilik va vinochilikka ixtisoslashgan Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutiga yo‘l olishdi. Ular salkam 130 yillik tarixga ega mazkur institut faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Institutning tajriba maydonida ham bo‘lib, uzumzorlarni ko‘zdan kechirishdi.
Delegatsiyaning navbatdagi rejalashtirilgan manzili Toshkent shampan zavodi bo‘lib, bu yerda O‘zbekiston shampan vinochiligi sanoati bilan tanishishtirildi. 1942-yilda ish boshlagan O‘zbekiston shampan zavodining bugungi kundagi namunalari mehmonlar e’tiborini tortdi. Hozirda zavodda shampan vinosi va boshqa gazlangan vino ichimliklari ishlab chiqariladi.
Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari Milliy markaz bosh direktori Alisher To‘rayev hamrohligida Toshkent viloyatining Parkent tumaniga tashrif buyurishdi. Tumanning Nomdanak qishlog‘ida joylashgan Fransiya texnologiyasi va fransiyalik enologlar tavsiyasi asosida vino ishlab chiqaruvchi “Hamkor” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Bu yerdagi “Lux premium” sifatdagi vinolar delegatsiya a’zolari e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
Niyoyat, delegatsiya a’zolarining tashrifdagi yakuniy manzili a’lo sifatli vino ishlab chiqaruvchi Samarqanddagi “Bog‘izag‘on” MCHJ bo‘ldi. Bu xo‘jalikda asosan mahalliy uzum navlaridan vino ishlab chiqarilishi ekspertlar etiborini tortdi. Maxsus omborda saqlanayotgan salkam 80 yillik vinolarni ishlab chiqarilishi va saqlanishi butunlay boshqalaridan farq qiladi. Ular Kavkaz va Vengriyada ishlab chiqarilgan bochkalarda sovuq holatda saqlanadi. Fransiyalik mehmonlarning ta’kidlashicha, vinoning qimmatbaholigi uning shisha idishda emas, maxsus bochkada saqlanganida va aynan bu yerdagi vinolar shunday sharoitda saqlanmoqda.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, xususan uzumchilik va vinochilik yo‘nalishlari va bu borada hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilib kelgan Fransiya delegatsiyasida ushbu tanishtiruv tashriflari ijobiy taassurot qoldirdi va bu kelgusida ikki davlat munosabatlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Министр сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиз Воитов встретился с директором французского агентства международного сотрудничества «Interco Nouvelle Aquitaine» Кристин Пекастейн и главным специалистом Гильермо Мартинсом. Гости посетили Национальный центр знаний и инноваций при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан (AKIS), Международный сельскохозяйственный университет, Ташкентский государственный аграрный университет, научно-исследовательские институты и центры AKIS и ознакомились с их деятельностью.
Далее, местом посещения гостей стала лаборатория in vitro «Денова-Агро». Здесь их познакомили с процессами выращивания в пробирке павловния, винограда, картофеля, вишни и малины. Большой интерес у гостей вызвали саженцы знаменитого винного винограда, выращенные в лаборатории.
После делегация посетила Национальный центр знаний и инноваций в сельском хозяйстве. В ходе встречи с директором центра Алишером Тураевым была представлена деятельность центра, входящих в него научно-исследовательских институтов и центров агросервиса. Также обсуждены вопросы налаживания узбекско-французского сотрудничества, проведения семинаров и выставок, повышения квалификации сотрудников.
Продолжая знакомиться с возможностями сельского хозяйства Узбекистана, гости из Франции также посетили виноградник Uzumfermer.uz, расположенный в Кибрайском районе Ташкентской области. На ферме в 21 га выращивают виноградники на 15 га.
Здесь выращивают более 100 сортов винограда. Есть винодельня объёмом в 100 тонн, а также коллекция собственного вина. В ней собрано вино из более 20 сортов винограда, в процессе производства продукции используют 8 всемирно известных способов.
Кроме того, на территории есть гостиница на 10 номеров, рыболовный пруд. Эта ферма может в полной мере продемонстрировать возможности агротуризма соотечественникам и гостям нашей страны.
Затем гости отправились в Научно-исследовательский институт садоводства, виноградарства и виноделия имени Махмуда Мирзаева при Минсельхозе, специализирующийся на виноградарстве и виноделии.
Их ознакомили с деятельностью этого учреждения с историей около 130 лет. Они побывали на экспериментальной площадке института и осмотрели виноградники.
Следующим запланированным пунктом назначения делегации стал Ташкентский завод шампанских вин. Там они познакомились с производством газированных винных напитков в Узбекистане.
Внимание гостей привлекли образцы узбекского вина, произведенного в 1942 году. В настоящее время завод выпускает шампанское и другие газированные винные напитки.
После этого члены делегации в сопровождении генерального директора AKIS Алишера Тураева посетили Паркентский район Ташкентской области. Им продемонстрировали деятельность ООО «Хамкор» – производителя вина, расположенного в поселке Номданак. Вино готовится по французской технологии и рекомендациям французских энологов. Вина категории «премиум-класса» получили признание членов делегации.
Конечным пунктом визита делегации стало ООО «Багизаган» в Самарканде, производитель вина высокого качества. Предприятие готовит вина в основном из местных сортов винограда. Гостям показали специальный склад, на котором хранится вино 80-летней выдержки.
Вина выдерживают в холоде в бочках, произведенных на Кавказе и в Венгрии. Французские гости говорят, что ценность вина заключается в том, что оно хранится в специальной бочке, а не в бутылке, и вина здесь хранятся именно в таких условиях.
Эти визиты произвели положительное впечатление на французскую делегацию, нацеленную на установление кооперационных отношений в сельском хозяйстве Узбекистана, в частности, виноградарстве и виноделии, и это будет иметь большое значение в отношениях между двумя странами в будущем.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: