Mevali daraxtlarni payvand qilish bahorgi eng muhim agrotexnik tadbirlardan biridir. Bu haqiqiy jarrohlik amaliyoti hisoblanib, jarayon mobaynida o‘simlikning bir qismi boshqa bir o‘simlikning tanasiga qo‘shilishi va uyg‘unlikdagi hosilni olishga erishish uchun ko‘chirish ishlari o‘tkaziladi. Mevali daraxtlarni payvand qilishning ko‘plab usullari mavjud. Bizning ushbu videomizda iskana payvandlash texnologiyasi haqida hikoya qilinadi. Bunday payvandlash qanday amalga oshirilganligi va nima uchun bunday qilinishi kerakligi haqida Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining kichik ilmiy xodimi Mirnosir Isroilov ma’lumot berdi.
Iskana payvandlash usulidan asosan mevali daraxtlarni payvand qilishda foydalaniladi. Payvandlashdan oldin siz sog‘lom, yaxshi rivojlangan shoxni tanlashingiz kerak. Uning yoshi kamida bir yil bo‘lishi lozim. Lavhamizda esa, Fuji navli olma daraxti payvand qilinadi.
Payvand uchun mo‘ljallangan ko‘chatdan qalamcha kesib olinib, unda 3 ta kurtak qoldiriladi. Ushbu qalamchani maxsus qaychi bilan kesish lozim. Keyin, payvandtagda u uchun mo‘ljallangan joyga joylashtiriladi.
Bu yerda payvand qalamchasi va payvandtagning bir-biriga mos kelishi juda muhimdir. Agar hamma amaliyot to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, o‘simlik yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. Payvandlangan joy yelim lenta bilan havo kirmaydigan darajada chambarchas bog‘lanadi. Payvand qilingan qalamcha o‘sib, 40-50 santimetrga yetganda, bog‘langan yelim lentani kesib yuborish kerak. Butun payvandlash amaliyotida zaxiradan ortiqcha novdalar olib tashlanadi. Daraxtlarni iskana payvand qilish keksaygan bog‘ni yangilashning eng oson va ko‘p qirrali usullaridan biridir. Ushbu usul bog‘bonlar tomonidan daraxtlarni tabiatning turli xil injiqliklariga “immunitetini” oshirish uchun ham qo‘llaniladi. Bundan tashqari, payvandlash hosildorlikni oshirishga yordam beradi.
Прививка плодовых деревьев – одно из важнейших весенних агротехнических мероприятий. Это настоящая операция, в ходе которой часть одного растения пересаживают на другое с целью их взаимного срастания.
Существует немало способов прививки плодовых деревьев. Наш следующий видеосюжет о технологии выполнения прививки в расщеп. О том, как выполняется такая прививка и зачем она нужна рассказал младший научный сотрудник Научно-исследовательского института садоводства, виноградарства и виноделия имени академика М. Мирзаева Мирносир Исроилов.
Метод в расщеп используют для прививки в том числе плодовых деревьев. Перед тем, как делать прививку, нужно выбрать здоровую, хорошо развитую ветку. Ее возраст должен быть не меньше года. В нашем случае прививаем яблоню Фуджи.
Черенок, предназначенный для привоя, срезают, оставляя 3 почки. И черенок для привоя, и подвой обрезают специальным инструментом. Далее привой вставляют в получившийся расщеп и соединяют.
Здесь очень важно, чтобы привой и подвой совпали. Если все сделать правильно, черенок приживется и растение будет хорошо расти, развиваться. Место прививки вплотную перевязывают полиэтиленовой ленточкой. Когда отросток достигнет 40-50 см пленку надрезают. По итогам всей операции лишние ветки с подвоя удаляют.
Прививка деревьев в расщеп – один из самых простых и универсальных способов обновить стареющий сад. Этот метод также используют садоводы, чтобы повысить «иммунитет» деревьев к различным капризам природы. Кроме того, прививка способствует повышению урожайности.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: