Bugungi kunda dunyoda qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtiriladigan yer maydonlari 1,6 mlrd gektarga teng bo‘lib, shundan 1,3 mlrd gektari lalmi yerlar hisoblanadi. Ularda qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 60 foizi yetishtiriladi. Respublikamizda lalmi ekin yerlarning umumiy maydoni 755,9 ming gektarni yoki qishloq xo‘jalik yer turlarining 2,9 foizini tashkil etadi.
Shu bois, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda lalmi yerlardan samarali foydalanish, unumdorligini saqlash va oshirish, ekinlardan yuqori va sifatli hosil olishda turli agrotexnologiyalarni qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Mana shunday lalmi yerlar uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining yangi navlarini yaratishda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlari va ularda faoliyat olib borayotgan olimlarning hissasi katta. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini boshlaganiga 110 yil bo‘lgan bo‘lsa, shu yillar mobaynida bu yerda 20 ga yaqin qishloq xo‘jalik ekinlarining 246 ta serhosil navlari yaratildi.
Institutning umumiy yer maydoni 1 986,8 gektar bo‘lib, shundan 1 734,8 gektar maydoni qishloq xo‘jaligidan foydalaniladigan yerlar, 167,2 gektar maydon ixota daraxtzorlari, 67,9 gektar maydon boshqa yer turlariga, 16,9 gektar yaylov yerlari tarkibiga kiradi. Institutning Baxmal ilmiy-tajriba stansiyasi mavjud.
So‘nggi yillarda institut olimlari tomonidan yumshoq bug‘doyning— “Istiqlol-6”, “Istiqlol-20”, Semurg‘, Bahor-1, “Saʼd-2010”, Qipchoqsuv, Sanzar-40, Do‘stlik 29, Zarbuloq, Sug‘diyona, Qizildon, No‘shkent, Baxmal 97, qattiq bug‘doyning—“Istiqlol-5”, Istiqbolli, “Olmos-2011”, Yoqut-2014, Billurdon, Kumushdon, arpaning— “Do‘stlik-2011”, “Bahorikor”, “Abu-G‘ofur 20”, “Mushtarak”, “Noyob”, Ang‘iz, “Istak”, “Obikor”, “” “Abu G‘ofur-20”, Mushtarak, Ixtiyor, Xotira 59, Obikor navlari tritikalening — “Do‘stlik-4”, “Sardor”, “Zarbdor” no‘xatning “Mustaqillik-20”, “Iftixor”, “Zabardast”, “Guliston” kabi serhosil yangi navlari yaratildi. Seleksiya yutuqlari uchun jami 25 ta patent olindi.
Joriy yilda qishloq xo‘jalik ekinlarining 10 ta navi, jumladan: yumshoq bug‘doyning— 2 ta: “Zarbuloq”, “Do‘stlik 29”; qattiq bug‘doyning— “Kumushdon”, “Melyanopus-29”; arpaning— “Istak”, “Ang‘iz”, “Noyob”, tritikalening— “Zarbdor”, no‘xatning— “Zabardast”, maxsarning— “Moydor”, zig‘irning— “Lalmikor”, yashil no‘xatning “Shoda” navlari Davlat nav sinash markaziga topshirilgan.
Albatta, bu yangi navlarning yaratilishida ilmiy-tadqiqot institutining laboratoriyalari va ularda olib borilayotgan ishlar ahamiyatli. Institutda “Yumshoq bug‘doy genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi”, “Arpa va yem-xashak ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi”, “Moyli ekinlar genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi”, “O‘simliklarni himoya qilish va fiziologiya” kabi 9 ta laboratoriya faoliyat olib bormoqda.
Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti va undagi laboratoriyalar faoliyati haqida videolavhamizda tomosha qiling.
Сегодня площадь земель под сельскохозяйственные культуры в мире составляет 1,6 млрд га, из которых 1,3 млрд га – богарные (орошаемые) земли. На орошаемых землях выращивается 60% сельскохозяйственной продукции. Общая площадь богарных земель в нашей республике составляет 755,9 тыс. га, что составляет 2,9% от общего количества сельскохозяйственных земель.
Для более эффективного использования богарных почв при производстве сельскохозяйственной продукции, важно использовать различные агротехнологии, которые позволят сохранить и повысить продуктивность урожая.
Свой вклад в создание новых сортов сельскохозяйственной продукции вносят ученые, работающие в научно-исследовательских институтах Минсельхоза.
Научно-исследовательский институт (НИИ) богарного земледелия при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан работает уже 110 лет. За эти годы здесь создано 246 высокоурожайных сортов и 20 видов новых сельскохозяйственных культур.
Общая земельная площадь НИИ составляет 1 986,8 га, из которых 1 734,8 га используются для сельского хозяйства, 167,2 га – древесные насаждения, 67,9 га – другие виды сельхоз культур, 16,9 га – пастбища. В институте также имеется Бахмальская научно-экспериментальная станция.
В последние годы учеными института выведены нижеследующие сорта различных видов пшеницы:
Сорта мягкой пшеницы – “Istiqlol-6”, “Istiqlol-20”, “Semurg”, “Bahor-1”, “Saʼd-2010”, “Qipchoqsuv”, “Sanzar-40”, “Do‘stlik 29”, “Zarbuloq”, “Sug‘diyona”, “Qizildon”, “No‘shkent”, “Baxmal 97”.
Сорта твердой пшеницы—“Istiqlol-5”, “Istiqbolli”, “Olmos-2011”, Yoqut-2014, Billurdon, Kumushdon.
Ячмень – “Do‘stlik-2011”, “Bahorikor”, “Abu-G‘ofur 20”, “Mushtarak”, “Noyob”, Ang‘iz, “Istak”, “Obikor”, “Abu G‘ofur-20”, “Mushtarak”, “Ixtiyor”, “Xotira 59”, “Obikor navlari”.
Тритикале — “Do‘stlik-4”, “Sardor”, “Zarbdor”.
Горох – “Mustaqillik-20”, “Iftixor”, “Zabardast”, “Guliston”, “O‘zbekiston-2011”.
При этом всего на селекционные достижения получено 25 патентов.
В этом году выведены следующие сорта сельскохозяйственных культур, в том числе:
В создании новых сортов большое значение отводится работе лабораторий при НИИ.
Новые сорта сельхозкультур создаются в лабораториях НИИ «Генетика, селекция и семеноводство мягкой пшеницы», «Генетика, селекция и семеноводство ячменя и кормовых культур», «Генетика, селекция и семеноводство масличных культур», «Защита растений» и еще девяти других лабораториях создаются новые сорта сельхоз культур.
Посмотрите наше видео о НИИ богарного земледелия и работе его лабораторий.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: