Yurtimizning har bir go‘shasi, korxona-yu tashkilotlarida milliy bayramimizi keng miqyosda nishonlanmoqda. Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida ham ushbi qadimiy bayramimiz ko‘tarinki ruhda nishonlandi. Unda yurtimizda akrreditatsiyadan o‘tgan xorijiy tashkilotlar vakillari Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarining ishchi xodimlari ishtirok etishdi.
Mamlakatimizga Navro‘z bayrami uyg‘onish, yasharish va yerga urug‘ qadash fasli — bahorning nishonasi bo‘lib keladi. Shu bois ham Sharqda Navro‘zni yangi yilning kelishi sifatida talqin etiladi.
Bayram tadbirini Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qaxramon Yuldashev kirish so‘zi bilan ochar ekan
tadbir ishtirokchilari va yurtdoshlarimizni bayram bilan samimiy qutlab, jumladan shunday dedi:
Aziz mehmonlar! Biz yangi hosil yili boshida turibmiz. Bilaman, dehqonlarimiz ayni kunlarda yeng shimarib, g‘ayrat bilan ishga kirishib ketishgan. Shunday ekan yurt ma’murligi yo‘lida mehnat qilayotgan dehqonlar, fermer xo‘jaliklari va klaster vakillarining sa’y-harakatlari barakali va o‘ylaganlaridan afzali bo‘lishi tilakdoshiman. Barchangizni yangilanish yosharish ayyomi Navro‘zi olam bilan tabriklayman.
Navro‘z umumxalq bayrami sharq xalqlarida nafaqat kun va tunning tenglashishi yoki yilning boshi balki qishloq xo‘jaligi sohasida yangi mavsum boshlanishini ham anglatadi. Aynan bayram nishonlanadigan bahor faslida bobodehqonlarimiz tomonidan yerga urug‘ qadalishi, yilning barakali, hosilning mo‘l bo‘lishini tilab duolar qilinishidan kelib chiqadigan bo‘lsak Navro‘zi olam agrar soha xodimlari-yer bilan tillasha oladigan fermerlar-u mirishkor dehqonlar uchun xaqiqiy bayramdir.
Tadbirda mehmonlar bahor taomlari hamda milliy pazandachilik va qandolatchilik mahsulotlaridan tatib ko‘rishdi. Shuningdek, vazirlik ishchi xodimlari tomonidan pishirilgan sumalak va doshqozonda damlangan osh to‘kin dasturxon ko‘rkiga ko‘rk qo‘shdi. Bayram tadbiriga milliy estradamiz vakillari, fol’klor etnografik va havaskor jamoalarning chiqishlari o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
Xursandchilik va kuy-qo‘shiqlar jo‘rovozligida o‘tkazilayotgan bayram tadbirini ajoyib videolavhasizda tomosha qiling.
Каждый год, во всех селах, городах, предприятиях и организациях нашей страны традиционно отмечают весенний праздник Навруз. Сегодня в Министерстве сельского хозяйства прошло яркое празднование с угощениями и музыкой. Гостями праздника стали представители иностранных организаций, аккредитованных в нашей стране, сотрудники министерства и системных организаций.
Навруз – символ весны, пробуждения, омоложения. Еще это период посева семян, который дает начало новой жизни, и как известно с древних времен, Навруз на Востоке считается и началом нового года.
Открывая праздничное мероприятие, со своими поздравлениями и пожеланиями выступил заместитель министр сельского хозяйства Узбекистана Кахрамон Юлдашев:
– Дорогие гости! Хочется отметить, что сейчас мы находимся в начале нового урожайного года. Я искренне желаю, чтобы усилия дехкан, фермеров, фермерских хозяйств и представителей кластеров были благодатны и дали хорошие плоды. Поздравляю всех с праздником обновления и омоложения Навруз!
Всенародный праздник Навруз у народов Востока знаменует не только день равноденствия, но и начало нового сезона в аграрной сфере. Навруз – это один из главных праздников сельскохозяйственной среды.
В Минсельхозе для всех гостей были накрыты столы с национальными и весенними блюдами, каждого гостя угостили сумаляком и пловом. Сумаляк, накануне праздника, с любовью и лучшими пожеланиями готовили все сотрудники Минсельхоза. Также, атмосферу праздника создали певцы национальной эстрады, красочная фотозона и выставка национальных яств и текстиля. Праздник прошел по-настоящему в дружественной и радостной атмосфере.
Увидеть это мы вам предлагаем в нашем репортаже.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: