Bugun 2023-yilning 28-mart kuni Toshkent shahrida navbatdagi “UzFood 2023” xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
Ko‘rgazmani Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Ochilish marosimida xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari vakillari, ekspertlar va xalqaro kompaniyalarning rahbar va mutaxassislari ishtirok etishdi.
3 kun davom etadigan ushbu ko‘rgazmada 26 ta davlatdan 283 dan ziyod xalqaro va mahalliy korxona va tashkilotlar o‘z mahsulotlari va ishlab chiqarish uskunalari bilan ishtirok etishmoqda.
«O‘zekspomarkaz»ning 3ta pavilyoni va «Atrium 2» zalida go‘sht, sut, qandolat, alkogolsiz ichimliklar va boshqa turdagi oziq-ovqatlar, meva-sabzavot mahsulotlari namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan korxona va tashkilotlar vakillari, tadbirkorlar bu yerda qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtirish va ishlab chiqarish borasida ko‘plab yangiliklarga ega bo‘lish, o‘zaro tajriba almashish va xalqaro shartnomalarni imzolash imkoniyatlariga ega bo‘lishmoqda.
Ko‘rgazma tafsilotlari, mutaxassis hamda tadbirkorlar taassurotlarini keyingi maqola va videolavhamizda kuzatib boring.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: