2023-yil 28-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining laboratoriya rahbarlari Toshkent viloyatining Chinoz tumanida faoliyat yuritayotgan “APK Chinoz” MCHJ ning dala maydonida bo‘lishdi. Bu yerda zamonaviy hamda yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar hamda pnevmatik seyalkani chigit ekishga sozlash bo‘yicha muhandis, mexanizator-operatorlarga amaliy yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.
So‘ngra, ikki tomon o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqotda sohadagi muammolar va uning yechimlariga to‘xtalib o‘tildi. Ilmiy-tadqiqot institutining laboratoriya rahbarlari suhbatdoshlarini institut faoliyati, olimlar tomonidan yaratilgan ishlanmalarning yangi namunalari bilan tanishtirish asnosida, yerlarga ekishdan oldin ishlov berishda texnikalardan unumli foydalanish, chigitlarni aniq miqdorlarda sifatli ekish, urug‘larni ekishga mo‘ljallangan pnevmatik seyalkalarning asosiy afzalliklari va g‘o‘za qator oralariga sifatli ishlov berish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni taqdim etishdi.
Shuningdek, klaster tomonidan bugungi kunda agrotexnologiyalarni bajarishdagi muammolar o‘rganilgani, ularni bartaraf etish bo‘yicha bildirilayotgan takliflarga e’tibor qaratildi. Muloqot yakunida sohadagi muammolarni hal qilish uchun o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish va bu borada qilinadigan ishlar yuzasidan kelishib olindi.
28 марта 2023 года руководители лаборатории Научно-исследовательского института механизации сельского хозяйства при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан посетили поле ООО «АПК «Чиназ», действующее в Чиназском районе Ташкентской области. Здесь были даны рекомендации по эффективному использованию современной и высокопроизводительной сельскохозяйственной техники, а также оказывалась практическая помощь инженерам, механизаторам по наладке пневматической сеялки для посева семян.
Во время диалога стороны обсудили проблемы в сфере и пути их решения, а также ознакомления с деятельностью института и новыми разработками, которые создали ученые лабораторий НИИ. Были представлены следующие разработки:
Также было уделено внимание изучению проблем внедрения агротехнологий в кластеры.
По итогам диалога стороны выработали формат дальнейшего взаимодействия для решения проблем на местах и предстоящей работе в этом направлении.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: