2023-yilning 28-mart kuni Qashqadaryo viloyatida dorivor o‘simliklarni yetishtirish, qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar orasida keng qamrovli kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, dorivorchilik va ziravorchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha ixtisoslashgan savdo yarmarkasi o‘tkazildi.
Ushbu yarmarka O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi «Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-251-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Savdo yarmarkasida Qashqadaryo viloyat hokimligi, viloyatning Qishloq xo‘jaligi, O‘rmon xo‘jaligi, Savdo-sanoat palatasi boshqarmalari, dorivorchilik klasterlari, shu yo‘nalishdagi fermer xo‘jaliklari, qayta ishlovchi korxonalar va tadbirkorlar hamda sohaga qiziquvchilar ishtirok etishdi.
Ta’kidlash joiz, so‘nggi yillarda viloyatda dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, bu o‘simliklar yetishtiriladigan maydonlarni tashkil etish va qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: