Bugun respublikamizda don va dukkakli ekinlarning ko‘plab yangi navlari yaratilmoqda. Yetishtirilayotgan mahsulot esa nafaqat ichki bozorga, balki eksportga ham yo‘naltirilmoqda. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti olimlarining hissasi bisyor.
Respublikada 2023-yil hosili uchun fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan jami 103,5 ming gektar ochiq maydonlarga soya ekish belgilab olindi. Bu maydonlarga ekish uchun 9,3 ming tonna soya urug‘ligi talab etiladi. Ushbu maydonlardan 144 ming tonna soya yetishtirilishi kutilmoqda. Agar hosil kutilayotgan natijani bersa, 26 ming tonna soya moyi va 110 ming tonna soya shroti ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi.
Soya turli iqlim sharoitlariga moslashuvchan o‘simlik bo‘lib, uni har xil tuproq-iqlim sharoitlarida yetishtirish mumkin. U bu xususiyati bilan dunyoning turli mintaqalaridagi ko‘plab maydonlarda yetishtirilmoqda. Jumladan, respublikamizda ham soya ekiladi. Ayniqsa, institut olimlari tomonidan ushbu ekin turi bo‘yicha bir necha yillardan beri ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Mazkur izlanishlar natijasida hozirgi kunga qadar soyaning 10 dan ortiq yangi navlari yaratilib, Davlat reestriga kiritildi. Yangi navlar respublikamizning ekin maydonlarida asosiy va takroriy ekin sifatida ekilmoqda.
Institutda dunyo bo‘yicha yig‘ilgan soya navlarining 250 dan ortiq namunalari mavjud. Seleksiya maydonlarida o‘rganishlar natijasida bugungi kunda hosildorligi va sifat darajasi, oqsil va moy miqdori yuqori bo‘lgan navlar tanlab olinmoqda. Saralangan navlar boshqa navlar bilan solishtirilib, raqobatbardoshlilik sinovlari natijasida yangi navlar yaratib kelinmoqda. Xususan, To‘maris, Oyjamol, Ustoz, Baraka, Hosildor, Gavhar mahalliy navlari, Arleta, Selekta-302, Vilana, Slaviya, Chara va boshqa xorijiy yangi navlar shular jumlasidandir.
Soya chiqitsiz o‘simlik hisoblanadi. Uning donidan moy va oqsil olinsa, poyasi va bargidan chorva ozuqasi uchun keng qo‘llaniladigan kunjara olinadi.
Soya o‘simligi tuproq unumdorligini oshirishda ham muhim ahamiyatga ega. Sababi, soya yig‘ishtirib olinganidan so‘ng uning ildizi va to‘kilgan barglarining qolishi hisobiga tuproqda organik massa miqdori oshadi va bu tuproq unumdorligiga taʼsir qiladi.
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti olimlarining soya ekini va bu borada olib borilayotgan ishlari xususida videolavhamizda tanishing.
Сегодня в нашей республике создается много новых сортов зерновых и зернобобовых культур. Выращиваемая продукция направляется не только на внутренний рынок, но и на экспорт. В этом плане, трудно переоценить вклад ученых Научно-исследовательского института зерновых и зернобобовых культур при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан.
Под урожай 2023 года фермерскими хозяйствами и сельхозпредприятиями под данную культуру было отведено 103,5 тысяч гектаров открытых площадей. Для посева на этих участках потребуется 9,3 тысяч тонн семян сои. По предварительным оценкам, будет выращено 144 тысячи тонны сои. Если урожай оправдает ожидания, у нас появится возможность выработать 26 тысяч тонн соевого масла и 110 тысяч тонн соевого шрота.
Соя – растение, адаптирующееся к различным климатическим условиям. Её можно выращивать в самых разных почвенно-климатических условиях. Благодаря этому свойству, её выращивают в самых разных странах мира, в том числе и в Узбекистане. Так, учеными института уже несколько лет ведутся научно-исследовательские работы по данному виду культуры. В результате этих исследований создано и внесено в государственный реестр более 10 новых сортов сои. Новые сорта высаживают на пахотных землях нашей республики как в качестве основной, так и повторной культуры.
Институт насчитывает более 250 образцов сортов сои, собранных по всему миру. По результатам исследований на селекционных полях отбирают сорта с наиболее высокой урожайностью и уровнем качества, а также высоким содержанием белка и масла. Выбранные сорта сравниваются с аналогами и в результате испытаний на конкурентоспособность создаются новые сорта. В частности, это такие местные сорта, как Тумарис, Айджамол, Устоз, Барака, Хосилдор, Гавхар, а также зарубежные сорта Арлета, Селекта-302, Вилана, Славия, Чара и другие.
Что немаловажно, соя считается безотходным растением. Из её зёрен получают масло и белок, а из стеблей и листьев – кунжут, широко используемый в качестве корма для скота.
Также, соя позитивно влияет на плодородность почвы. Причина этого в том, что количество органической массы в земле увеличивается за счет того, что после сбора сои в грунте остаются ее корни и опавшие листья, что становится органической подпиткой для земельных угодий.
Подробнее о посевах сои и проводимой работе учеными института в нашем видеоматериале.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: