2023-yil 4-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi ko‘magida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan amalga oshirilishi boshlangan «O‘zbekistonning qurg‘oqchilikka uchragan ekotizimlarida yaylovlar va o‘rmonlarni barqaror boshqarish» yangi loyihasining Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Global ekologik jamg‘arma (GEF) tomonidan moliyalashtiriladigan ushbu loyiha mamlakatda yer degradatsiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha majburiyatlarini bajarish maqsadida O‘zbekistonda yer va o‘rmon resurslarini barqaror boshqarish va landshaftlarni tiklash bo‘yicha ilg‘or tajribalarni joriy etadi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, ushbu loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda 2022 yil 10 iyundagi «Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorlarining ijrosini ta’minlashga hissa qo‘shadi. Shu bilan birga, loyiha respublikada cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish uchun 2024-2028- yillarga mo‘ljallangan Yo‘l xaritasini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Yer va yaylovlarning tanazzulga uchrashi, eroziyalanishi, qum va chang bo‘ronlari, o‘rmonlarning yo‘qolishi, tuproqlarning sho‘rlanishi nafaqat tabiiy-iqlim omillari, balki xo‘jalik faoliyati – agrotexnik tadbirlarni noto‘g‘ri o‘tkazish, yaylovlarda chorva mollarini haddan tashqari ko‘p boqish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik natijasida ham sodir bo‘lmoqda. FAOning ushbu loyihasi hosildorlikni oshirish va degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash uchun yer va o‘rmon resurslarini boshqarishning innovatsion usullarini joriy etadi, bu esa yer degradatsiyasining neytral muvozanatini saqlashga imkon beradi.
Loyiha 5 yil ichida amalga oshiriladi. Cho‘llanishga qarshi kurash choralarini talab qiladigan O‘zbekiston hududi 20 million gektardan oshadi. Butun mamlakat bo‘ylab yerlarning degradatsiyasi kuzatilmoqda, ayniqsa Buxoro va Navoiy viloyatlarining tumanlari hamda Amudaryo va Sirdaryo daryolari havzalarining pasttekisliklari bu jarayonlardan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlar hisoblanadi.
Yig‘ilish davomida loyihaning maqsad va vazifalari taqdim qilindi. Bajarilgan ishlar bo‘yicha loyihaning yarim yillik hisoboti tasdiqlandi. Shuningdek, 2023-yil uchun ish rejasi va byudjeti ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi. Loyihani amalga oshirish strategiyasi va keyingi bosqichlari muhokama qilindi.
4 апреля 2023 года при поддержке Министерства сельского хозяйства РУ и Агентства лесного хозяйства при Министерстве природных ресурсов РУ состоялось заседание Координационного комитета проекта Продовольственной и сельскохозяйственной организации Объединённых Наций (ФАО) «Устойчивое управление лесами и пастбищами в засушливых экосистемах Узбекистана».
Проект финансируется Глобальным Экологическим Фондом и призван внедрять в нашу страну передовую практику по управлению земельными и лесным и ресурсами.
Данное заседание направлено на реализацию задач, обозначенных в Постановлениях Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева «О мерах по повышению эффективности работ по борьбе с опустыниванием и засухой в Республике Узбекистан» от 22 февраля 2019 года и «О мерах по созданию эффективной системы борьбы с деградацией земель» от 10 июня 2022 года. В то же время проект поддерживает разработку Дорожной карты на 2024-2028 гг. по борьбе с опустыниванием и засухой в нашей стране.
Было отмечено, что территория Узбекистана, требующая проведения мероприятий по борьбе с опустыниванием, превышает 20 млн га. Деградация земель наблюдается по всей стране. Наиболее подверглись этим процессам территории в районах Бухарской и Навоийской областей и в низинах бассейнов рек Амударья и Сырдарья.
Реализация проекта рассчитана на пять лет. В Бухарской и Навоийской областях будут реализованы мероприятия по внедрению интегрированных планов землепользования, повышению потенциала, знаний и навыков фермеров, совершенствованию систем мониторинга землепользования.
В ходе заседания были обсуждены цели, задачи, стратегия и дальнейшее развитие проекта, а также рассмотрен и утвержден план работы и бюджет на 2023 год.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: